O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Oilaviy muhit. Oilaning mustahkam bo‘lishi, oila a‘zolarining axloqiylik darajasi undagi muhitga bog‘lik. 
Qaysi oilada sog‘lom muhit, hukm sursa, uning ravnaqi, baxtliligi ta‘minlangan bo‘ladi. Sog‘lom muhit deganda biz 
faqat oilada insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo‘ylik kabi tamoyillar va me‘yorlarga amal 
qilinishinigina emas, balki uning eskicha an‘anaviylik yoki Yangicha zamonaviyligini ham tushunishimiz lozim. 
Zero aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila kelajagi bilan bog‘liq. 
Eskicha an‘anaviy oila kiyinishda, yeb–ichishda kasbu korda zamonaviy oiladan farq qilmaydi. U ham halol, 
hamma qatori zamonaviy sharoitda yashaydi. Faqat u o‘zining «o‘zbekchiligi», ajdodlarining an‘anaviy ma‘naviy 
qadriyatlarini «unutmagani» bilan faxrlanadi. Hamma gap shundaki, bunday oila asosiy kuchi va imkoniyatlaridan 
ana shu faxrlanish hissiga erishish uchun foydalanadi: an‘anaviy o‘zbekona to‘y kechasida nikoh bazmida artistlarga
«gaplashilgan» va «qistirilgan» millionlar hisobiga bemalol bitta bolalar bog‘chasi qursa bo‘ladi. Ayniqsa og‘zini 
qimirlatib turish bilan (fonogramma orqali) harom pul topayotgan «artist»larning qudag‘aylarni (ayol qudalarni) 
raqsga tushishga da‘vat qilishini borib turgan odobsizlik: ortiqcha pul yig‘ib berish uchun bechora qaynonalar Yangi 
kelin va kuyov oldida o‘yinga tushadilar. An‘anaviy to‘ylar isrofgarchilik namunasi, muayyan ma‘noda 
axloqsizning bir ko‘rinishiga aylanib ketganini tan olish kerak. «Borda»–ku «bor», «yo‘qlar» ham shunday qilishga 
intiladilar. «Eshak eshakdan qolsa qulog‘ini kesadi» qabilidagi to‘y uchun ko‘p hollarda necha yilar davomida 
yaxshi yemay, yaxshi kiymay, quruq non–choy bilan kun o‘tkazib yashash kerak bo‘ladi. Bunday «orzu –
havas»larning tagida yo odamlar nima der ekan degan qo‘ruv yoki maqtanish, kibr, birovlarga o‘zini ko‘z–ko‘z 
qilish kabi illatlar yotadi. Eng yomoni shundaki, bunday oilada sog‘lom muhit qaror topmaydi, dasturxon ustida, 
bo‘sh vaqtlarda bolalardan «qutilib olish» uchun ko‘proq pul topish haqida tinmay so‘zlanadigan, falonchining to‘yi 
mundog‘ o‘tibdi, u unday qilibdi, bu bunday qilibdi, degan mayda gapalardan nari o‘tilmaydigan bo‘lib qoladi, 
axloqiy ideallar xiralashadi, estetik did o‘tmaslashadi, ijtimoiy ma‘naviy intilishlar nihoyat darajada sustlashadi. Bu 
masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni ham bundan yaxshi emas: oilada totuvlik yo‘qoladi, er va xotin o‘rtasida 
moddiy yetishmovchiliklar, «sandiq to‘lmayotgani» borasida tez–tez aytishishlar, ta‘na–dashnomlar, janjallar bo‘lib 
turadi, ba‘zan ular katta oilaviy mojarolarga ham aylanib ketadi. Bunday eskicha–an‘anaviy oiladagi muhit atrofdagi 
boshqa oilalarga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi, jamiyatning zaif, ma‘naviy saviyasi past xalqasi sifatida millat 
tarbiyasini ma‘lum ma‘noda buzadi. Ayni paytda o‘z a‘zolarining ham «gap–so‘zdan» qo‘rqadigan, maqtanchoq, 
ijtimoiy–siyosiy «savodsiz», umrini kundalik mayda tashvishlar bilan o‘tkazadigan odamlar bo‘lib qolishlariga olib 
keladi. 
Yangicha zamonaviy oiladagi muhit esa buning aksi: to‘y–ma‘rakalarda eng yomon illat bo‘lmish 
isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga ketadigan ortiqcha sarf–xarajatlar imkoni boricha qisqartirilib, asosiy 
mablag‘ oilaning farovonligini, intellektual va maishiy darajasini yuksaltirishga yo‘naltiriladi. Bunday oilada 
totuvlik, xotirjamlik qaror topadi, dasturxon ustidaga suhbatlar Yangi kitoblar, filmlar, ijtimoiy–siyosiy Yangiliklar, 
inernet xabarlari ustida boradi, dam olish maskanlariga borish rejalari tuziladi; asosiy xatti–harakat farzandlarning 
oliy ma‘lumotli bo‘lishiga, zamonaviy kasbiy mahoratni egallashiga, ularni halq va Vatan faxrlanadigan shaxslar 
bo‘lib yetishishlariga qaratiladi. 
Agar eskicha–an‘anaviy oilaviy muhit O‘zbekistonda erkin demokratik fuqarolik jamiyati qurilishiga 
to‘sqinlik ko‘rsatsa, Yangi zamonaviy oila muhiti uning tezroq ro‘yobga chiqishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat 
qiladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling