O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Oilaviy mulk, farzand tarbiyasi va oilaning tarqalishi
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Oilaviy mulk, farzand tarbiyasi va oilaning tarqalishi. Oilaning yana bir jihati – uning o‘z mulkiga
egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy ko‘rinishi bo‘lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko‘rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo‘lishi uchun ishlab topiladigan mablag‘ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag‘, shubhasiz, axloqiy tabiatga ega: oila boshlig‘i oila a‘zolarini halol yedirib–ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo‘jayinchilik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega. Yuqorida aytganimizdek, nikoh ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas‘uliyat yuklangan, axloq bilan chegaralangan qo‘shiluv, birlashuv; bu birlashuvdan maqsad – hayotda o‘zlaridan yaxshiroq, mukammalroq bo‘lgan, o‘zlari erisholmagan orzularni ro‘yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. Bunday odamlar farzandlardir. SHu munosabat bilan SHimmel xonim o‘zining avvalgi boblarda tilga olingan kitobida ba‘zi mutasavviflar uchun umumiylik tabiatiga ega bo‘lgan qiziq bir fikrni keltiradi: «Ba‘zi so‘fiy–teosofik oqimlarning tarafdorlarida mahsulot beradigan har bir xatti–harakatni «nikoh» deb atashga moyillik bor. Ularning fikricha, po‘lat bilan chaqmoqtosh birlashsa, bu nikohdan yanada yetukroq farzand, ya‘ni olov dunyoga keladi. Erkaklik va ayollik unsurlarining birlashuvi hayotni yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqaruvchi omildir» 142 . 141 Byron. Don Juan. M., Foreign language publishing house, 1948. P. 124. 142 Шиммел А. Жонон менинг жонимда, 44 – 45-б. SHu bois oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o‘z jufti halolini, ona esa sevimli erini ko‘radi: bolada er–xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga yeb–ichadilar, tarbiya oladilar. Oilada bolalar intizomli bo‘lib o‘smoqlari, ota–onaga bo‘ysunishlari lozim. Lekin bu intizom erkin o‘sib kelayotgan go‘dakni qullikka o‘rgatish emas, balki bolalarga xos erka–tantiqlik, o‘zboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga xizmat qilishi kerak. Ota–onaga bo‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning kelajakda qo‘pol, badxulq, nokamtarin bo‘lib yetishuviga olib keladi. SHu bois oila ilk axloqiy tarbiya o‘chog‘i sifatida katta ahamiyatga ega. Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilaning axloqiylik nuqtayi nazaridan tarqalishi. Bunda bolalar balog‘atga yetgach, erkin shaxs sifatida Yangi oilaga asos bo‘lishlari – o‘g‘il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. Uylantirilgan o‘g‘illarga ham, erga berilgan qizlarga ham Yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun yetarli bo‘lgan uy– ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi. SHuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota–onaning yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Aslida nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtayi nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so‘nggi turdagi oila tarqalishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o‘sha jamiyatning axloqiy jihatdan takomillashib borayotganini anglatadi. «Muxtasar aytganda, hammamizga ayon bo‟lishi tabiiyki, oila sog‟lom ekan – jamiyat Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling