boshlanadi. Aqlga sig‘maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda
singulyar holatdan faqat bizning
metagalaktikamiz emas, balki ko‘plab metagalaktikalar vujudga kelgani,
ularning
har biri barcha fizik ko‘rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida to‘ologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil
bo‘lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yo‘iq) makoni va o‘z kosmologik vaqtiga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin
qilinadi.
Hozirgi «ko‘p sonli dunyolar» kontseptsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi.
Bu fundamental
falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik ma‘nosida emas, balki materiyaning
makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim,
degan asosiy qoidasi bilan
hamohangdir.
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda.
Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai
uzoqlashib borayotganini, ya‘ni galaktikalar
taxminan o‘zigacha bo‘lgan masofaga proportsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni
tasdiqlovchi umumiy
e‘tirof etilgan fakt hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: