O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning o‘z borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson 
boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi 
hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga 
xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar 
doirasida amalga oshiriladi.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraktsiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va 
jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va 
holatlarini mavjudlik belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga 
taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning 
yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning 
umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so‘z yuritiladi.
Virtual borliq tushunchasi. Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini 
kom‘yuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob‘ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari 
yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kom‘yuter grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy yaratilgan kom‘yuter 
axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin 
emas. SHunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, 
balki unga ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira 
oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida madaniy 
shaklidir.
Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydobo‘lgan 
kom‘yuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi. 
Virtual borliq tizimlari ilmiy davralarda texnologiyalar ongda o‘zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida 
qizg‘in bahsga sabab bo‘lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish 
inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual borliq texnologiyasining ilk yaratuvchilari ham, kiborg-
postmodernizm nazariyachilari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Inson qo‘lida dunyoni bilishning qudratli quroli, uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit 
yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an‘anaviy verbal 
usulini audiovizual bilish usuli bilan almashtirmoqda, odamlarda sun‘iy olamga kirish illyuziyasini vujudga 
keltirmoqdaki, ular bu sun‘iy borliqni amalda mavjud borliq deb qabul qilmoqdalar. Bu borliq «virtual borliq» deb 
nomlanadi. Virtual negizga ega bo‘lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob‘ektiv tarzda mavjuddir.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan 
o‘ylab to‘ilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda 
yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) – 
narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, ob‘ektiv narsalar yoki 
sub‘ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik 
kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib 
bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun‘iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani 
shu nom bilan chiqarganlar.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling