O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

 Falsafa tarixida borliq muammosi. O‘quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o‘rganish odatda 
ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik 
va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega 
bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, 
lekin u yunoncha o‘zaklarga ega bo‘lib (ontos – borliq, logos – so‘z, ta‘limot), borliq haqidagi ta‘limot degan 
ma‘noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar 
natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan 
gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydobo‘ldi. Lekin 
ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi 
hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi.
«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar a‘‘aratini tashkil etadigan ko‘p sonli 
falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. CHunki u har qanday predmet 
, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo‘lish, bevosita 
yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta‘sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday 
ob‘ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z dunyoqarashining negizini tashkil 
etadigan muhim savollarga javob to‘ish zaruriyati bilan to‘qnash keladi: 
1. «Men kimman?» 
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 
3. «Borliq qanday va qaerdan paydobo‘lgan?» 
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo‘ljal bormi?» 
Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o‘zi nima bilan bevosita ish 
ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan 
narsalarni qayd etishdan boshlaydi. SHu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud 
bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
SHunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan 
barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy 
mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni 
kim yaratgani» haqida ga‘irib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydobo‘lgani va qaerga 
yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida 
faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob to‘ish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar: 

falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? 

bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? 

unga qanday falsafiy ma‘no yuklanadi? 
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat 
etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta‘lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo‘lishlari 
lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab 
etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling