Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning
umumiy xossasi bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz
mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-
yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan
o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur‘at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim
yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-
barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Falsafa tarixida makon va vaqtga substantsional va relyatsion yondashuvlar. Makon va vaqt mohiyati
haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat
mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi
bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq
tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi
fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda
koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtayi nazaridan ham alohida e‘tibor
qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq
ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt
mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida
shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substantsional va relyatsion
yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |