O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 167.22 Kb.
|
Intellektual boshqaruv tizimlarini robototexnika yo’nalishida qo
3.Ekspert tizimi
Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi. Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayo nini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. Bilimlar bazasi bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini toppish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajratib tur adi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon ber uvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddal ashtirishga ko‘maklashadi. Ekspert tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajribasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini, yangilanayotgan strategiyalar,qarorlar uslublari) ifodalaydi. Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan sohalaridan biridir. ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib, ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri keladi. ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash, eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi. Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda. Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat: Bilim bazalari yoki qoidalarto'plami; Ishchi xotira; Chiqarish mexanizmi. Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiyishchi xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi orqali olinadi. Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi: birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul to'g'ri zanjirli fikrlash deyiladi. Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir nechta asosiy sinflarga guruhlash mumkin: Bular tibbiyot diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va elektr qurilmalar diagnostikasi, o'qitish vahokazo. Tibbiyot diagnostikasi. Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va ularni keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi. Download 167.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling