Insoniyatning, jumladan, O‘zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklaroqibatida zulm, zo‘ravonlik, kulfat urug‘larini sochish va qon to‘kilishiga sabab bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalar va mafkuralarning halokatli ta’siri bilan bog‘liq voqealar ko‘p bo‘lgan. Bu g‘oyalar o‘zlarida mustabidlik intilishlarini goh yashirin, goh oshkora, ifodalangan holda amalga oshgan.
“Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir ongli odamning voqelikka o‘z munosabati, maqsad va intilishlari bo‘lishi tabiiy”1
“Фидокор” газетаси, 2000 йил, 8-июн.
Xalqaro terrorchi va ekstremistlarning niyati aniq. Ular istiqlol yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi g‘oyaviy bo‘shliqni o‘z g‘oyalari bilan to‘ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o‘z siyosati, o‘z hukmronligiga bo‘ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik maydonni o‘z ta’sir doirasiga olishni orzu qilmoqda. Mana shundan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimizga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahdidlarni alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat:
— islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;
— yosh mustaqil davlatlarni qaytadan sobiq Ittifoqqa birlashtirish g‘oyasi;
— tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar;
— axloqsizlikni yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan intilishlar;
— turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan xarakatlar.
Hozirgi voqe’likda Milliy istiqlol g‘oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish, mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinastiya, mafkuraviy infiltastiya, dezorientastiya, mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlarini qo‘llash orqali xalqimizda O‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg‘otishga, davlat siyosatini obro‘sizlantirishga, odamlarni o‘zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |