O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlar


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana27.04.2020
Hajmi1.28 Mb.
#101639
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
ozbek davlatchiligi tarixi


Ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlar: 
1.  Fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni 
muhofaza qilish chora-tabirlarini amalga oshiradi. 
2.  Fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini 
ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi. 
3.  Sog‘liqni  saqlash,  xalq  ta’limini  rivojlantirish  va  takomillashtirishning  asosiy 
yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi. 
 
Vazirlar  Mahkamasining  majlislarida  davlat  boshqaruvi,  xo‘jalik  va 
ijtimoiy – madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Majlislar yilning 
har  choragida  kamida  bir  marta  o‘tkaziladi.  Ularni  tayyorlash  va  o‘tkazish  tartibi 
Vazirlar  Mahkamasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ish 
tartibi  to‘g‘risidagi”  qarori  bilan  belgilanadi.  Vazirlar  Mahkamasi  majlislarida 
muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, idoralar, 
korporatsiyalar, 
kompaniyalar, 
konserinlar, 
uyushmalarning 
raxbarlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent 
shahar  hokimlari,  ular  bo‘lmagan  hollarda  ularning  birinchi  o‘rinbosarlari 
tomonidan kiritiladi.  
 
Davlat  boshqaruvida  sudlarning  roli.  Har  bir  davlatda  bo‘lgani  kabi 
O‘zbekistonda  ham  odil  sudlov  organlari  tizimi  ma’muriy-hududiy  tuzilmalarda 
tashkil etilgan hamda sudlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish 
jarayonida korxona va  tashkilot, davlat organlari va  fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy 
munosabat  natijasida  kelib  chiqadigan  masalalarni  belgilangan  hududiy  birliklar 
miqyosida ko‘rib chiqadi. 

 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
107-moddasida 
“O‘zbekiston  Respublikasining  sud  tizimi  besh  yil  muddatga  saylanadigan 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy  sudi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Xo‘jalik  sudi,  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi bilan 
shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar 
va  xo‘jalik  sudlaridan  iborat”,  deb  belgilangan.  2000  yil  14  dekabrda  qabo‘l 
qilingan “Sudlar to‘g‘risida” 
gi  qonunning  yangi  tahririga  ko‘ra,  yuqorida  sanab  o‘tilgan  sud  tizimiga 
o‘zgartirishlar  kiritilib,  sudlar  ixtisoslashtirildi.  YA’ni,  jinoyat  ishlari  bo‘yicha 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Oliy  sudi, 
fuqarolik  va  jinoiy  ishlar  bo‘yicha  viloyat  va  Toshkent  shahar  sudlari,  fuqarolik 
ishlari bo‘yicha tumanlararo tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman 
(shahar) sudlari joriy etilgan.  
 
O‘zbekistondagi  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy  munosabatlarni  huquqiy 
jihatdan  tartibga  solishda  sud  organlarining  ta’siri  kuchli  bo‘lib,  bu  jarayonni 
davlat  nomidan  kafolatlaydi.  Sud  organlari  Konstitutsiya  va  qonunlarda  belgilab 
berilgan  fuqarolarni  huquq  va  erkinliklarini  millatlarning  tengligi  tamoyillari 
asosida amalda qo‘llanilishini nazorat qiladi. SHuningdek, sud organlari mamlakat 
ijtimoiy  hayotidagi  ishlab  chiqarish  muassasalarida,  davlat  idoralarida,  jamoat 
birlashmalarida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquqlarini 
mulk shaklidan qat’iy nazar himoya qilinishini ta’minlaydi. Sud hokimiyati qonun 
chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlardan,  siyosiy  partiyalardan,  jamoat 
birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudi  Konstitutsiyaviy 
nazorat  bo‘yicha  sud  organi  hisoblanib,  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi 
hokimiyatlarning  hujjatlari  Konstitutsiyaga  qanchalik  mosligiga  doir  ishlarni 
ko‘radi.  Bu  sud  huquqiy  muhofazi  qiluvchi  qonunlarni,  qonunchilik  va  ijro 
hokimiyatining  boshqa  hujjatlarini  Konstitutsiyaga  zid  deb  topish  va  ularni 
harakatdan  to‘xtatib  qo‘yish  huquqiga  ega  bo‘lgan  maxsus  organ  hisoblanadi. 
Konstitutsiyaviy sud quyidagi vakolatlarga ega: 
1.  Oliy  Majlis  qabul  qilgan  hujjatlarni,  Prezident  farmonlarini,  Hukumat  va 
davlat  hokimiyati  mahalliy  organlari  qarorlarini,  O‘zbekiston  Respublikasi 
davlatlararo  shartnomalarini  va  boshqa  majburiyatlarini  Konstitutsiyaga 
mosligini aniqlaydi. 
2.  Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida 
xulosa beradi. 
3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlarining  normalariga 
sharh beradi. 
4.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat 
doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. 
5.  Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab 
kuchga kiradi. 

6.  Konstitutsiyaviy  sud  Oliy  Majlisda  qonunchilik  tashabbusi  bilan  chiqish 
huquqiga ega. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov 
ishlarini  yurgizish  borasida  sud  hokimiyatining  oliy  organi  hisoblanadi.  Oliy  sud 
qonunda  ko‘rsatilgan  protsessual  shakl  va  tartibda  umumiy  yurisdiksiyali  sudlar, 
shuningdek, harbiy sudlar faoliyati ustidan ham sudlov nazoratini amalga oshiradi. 
Undan  tashqari  Oliy  sud,  quyi  sudlarning  ma’lum  ishlar  bo‘yicha  yo‘l  qo‘ygan 
xato  va  kamchiliklarini  tuzatish  maqsadida  ular  tomonidan  qabul  qilingan 
qarorlarning  qonuniyligi  va  asosli  ekanligini  tekshirish  yo‘li  bilan  ularning 
faoliyatini nazorat qiladi. 
 
Oliy  sud  -  Oliy  sud  raisi,  uning  o‘rinbosari  va  o‘rinbosarlari,  sudlov 
hay’atlari  raislari,  Oliy  sud  sudyalaridan  iborat  tarkibda  ish  olib  boradi.  Sud 
faoliyatining katta qismi sudlov hay’atlari zimmasida bo‘ladi. Oliy sudlov hay’tlari 
fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha, harbiy ishlar bo‘yicha hay’atlar 
hisoblanib, ular tarkibi Respublika Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadi. 
 
Oliy  sud  faoliyatini  tashkil  etish  va  unga  rahbarlik  qilish  Oliy  sud  raisi 
zimmasiga  yuklatilgan.  Oliy  sud  raisi  umumiy  yurisdiksiyali  sudlarning  barcha 
hukm  va  boshqa  qarorlariga  qonunda  belgilangan  tartibda  protest  berish  hamda 
ular ijrosini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. 
 
Iqtisodiy  sohada,  turli  mulk  shakllariga  ega  tashkilotlar,  idoralar, 
korxonalarni  boshqarish  jarayonida,  shuningdek,  tadbirkorlar  orasida  vujudga 
keladigan  munosabatlarda  yuzaga  chiqqan  bahslarni  hal  qilish  Oliy  xo‘jalik 
sudlari tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Xo‘jalik sudlarining asosiy vazifalari – 
tashkilotlar  va  fuqarolarning  qonuniy  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish, 
qonunchilikni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash, iqtisodiy munosabatlarda qonuniylikni 
mustahkamlash  va  qonunchilikning  huquqiy  vositalaridan  foydalanishga  sharoit 
yaratishdan iborat. 
 
Oliy xo‘jalik sudi faoliyatining asosiy tamoyillari  – qonuniylik, xo‘jalik 
sudyalarining mustaqilligi, sud va qonun oldida hammaning tengligi, tomonlarning 
teng huquqliligi, ish yuritishda oshkoralik, sud muhokamasining bevosita va uzviy 
amalga oshirilishi hisoblanadi. 
 
Sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  huquqiy  hujjatlari  xo‘jalik  sudining 
to‘xtami,  qarori,  ajrimi  barcha  davlat  organlari,  mahalliy  o‘zini-o‘zi  boshqarish 
organlari,  hamda  boshqa  organlar,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  tomonidan 
O‘zbekistonning barcha hududlarida bajarilishi shart hisoblanadi. 
 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling