Qisqacha xulosalar
1.Terrorizm jahondagi barcha mamlakatlar barqarorligi va milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid bo’lib hisoblanadi. Terrorizm va ekstremizm dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va ularning fuqarolari xavfsizligiga tahdid solmoqda va juda katta siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo’qotishlarga olib kelmoqda. Terrorizmni jamiyat hayot faoliyatiga tahdid bo’lib, u eng tuban, eng qabih maqsadlarga xizmat qiladigan hodisadir.
2.Globallashuv davrida terrorizm qarshi kurashishda butun jahon hamjamiyati ishtirok etishi kerak. Faqat shundagina kurashning samaradorligiga erishish mumkin.
3.O’zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida tashqi siyosatini olib borishda respublikaning manfaatlaridan kelib chiqadi. XXI asrning boshlarida Markaziy Osiyo faol geosiyosiy raqobat mintaqasiga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining mintaqa markazida joylashganligi uning geostrategik jihatdan o’rnini belgilaydi. SHuning uchun ham Markaziy Osiyo hududida sodir bo’ladigan voqealar u yoki bu darajada O’zbekistondagi vaziyatga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
O’zbekiston Osiyo qit’asidagi eng nufuzli tashkilotga aylangan SHHTda muhim o’rinni egallaydi va uning maqsadlarini amalga oshirishda, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash va ta’minlash borasidagi faoliyatida faol ishtirok etadi.
Nazorat savollari
1. Terrorizm qachon paydo bo’lgan?
2. Terrorizmning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari nimalardan iborat?
3. Terrorizm iqtisodiy xavfsizlikka qanday ta’sir ko’rsatadi?
4. Jahon hamjamiyati terrorizmga qarshi qanday kurash olib boradi?
5. O’zbekiston tashqi siyosat olib borishda qanday maqsadlardan kelib chiqadi?
6. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o’rni qanday?
7. SHanxay Hamkorlik Tashkiloti qachon va nima maqsadlarda tashkil etilgan?
8. SHanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasining vazifalari nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |