MUSTAQIL ISHNI RASMIYLASHTIRISH
Mustaqill ishni rasmiylashtirish ishlariga jiddiy e’tibor berish kerak.
Uning tashqi ko’rinishi va rasmiylashtirish talablarini bajarish mustaqill ish sifatini baholashga kiradi.
Mustaqill ishning titul varag’i bo’lib, unda asosiy ma’lumotlar joylashtiriladi titul varag’i albatta kompьyuterda terilgan bo’lishi kerak.
titul varag’idan keyin mustaqill ishning rejasi betlari ko’rsatilgan xolda joylashtiriladi.
ish qat’iy reja asosida yozilishi lozim, har bir savol ajratib ko’rsatilishi hamda yangi varaqda nomini ko’rsatilgan holda yozilishi kerak.
ishda beriladigan jadvallar, chizmalar, diagrammalar yaxshilab chizilishi, raqamlar esa berilayotgan savol bilan bog’langan xolda bo’lishi kerak. hamma jadvallar, chizma, diagrammalar va grafiklarga (har biri alohida, o’ng tomondan) nomer qo’yilishi, nomi hamda berilayotgan materiallarning manbasi ko’rsatilishi lozim.
Mustaqill ishning oxirida foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda beriladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
4. O’zbekiston Respublikasi vazirliklari me’yoriy-huquqiy hujjatlari
5. Darsliklar
6. O’quv qo’llanmalar
7. Ilmiy monografiyalar va maqolalar
8. Doktorlik, nomzodlik va magistrlik dessertatsiyalari
9. Ilmiy-amaliy anjumanlar ma’ruza to’plamlari
10. Gazeta va jurnallar
11. Statistik ma’lumotlar to’plami
12. Internet saytlari
.
Adabiyotlar ro’yxatida quyidagi talablarga amal qilinadi:
-kitoblar uchun – mualliflarning familiyasi, kitob nomi, nashr etilgan joyi, yili va nashriyoti;
-maqolalar uchun – muallifning familiyasi, jurnal yoki gazetaning nomi, chiqqan yili va soni, joyi, nashriyoti.
MUSTAQILL ISHNI TAQRIZGA TAQDIM ETISH VA HIMOYa QILISH
Tayyorlangan MUSTAQILl ishni talaba tomonidan kafedraga taqriz uchun taqdim etiladi. Kafedra laboranti MUSTAQILl ishni qaydnoma daftariga belgilab, rasmiylashtiradi va uni talabaning ilmiy rahbariga topshiradi. Talabaning ilmiy rahbari MUSTAQILl ishga taqriz yozadi. Unda MUSTAQILl ishning ijobiy tomonlari va kamchiliklari ko’rsatiladi. SHuningdek, taqrizda MUSTAQILl ishning kamchiliklarini, yo’qotish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. Taqriz oxirida xulosa berilib, unda MUSTAQILl ishni himoyaga qo’yish yoki qo’ymaslik haqida hulosa chiqarilad
Do'stlaringiz bilan baham: |