O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, ob’yekti va maqsadi
Download 0.63 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org (1)
1.2.“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, ob’yekti va maqsadi
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyotida katta o’zgarishlar amalga osha boshladi. Bu integratsiya jarayonlarida va xalqaro mehnat taqsimotida, globallashuv jarayonlarining tezlashuvida namoyon bo’ldi. Jahon mamlakatlarining taraqqiyot darajasidagi tafovutlarning kuchayib borishi va rivojlangan davlatlar tomonidan teng bo’lmagan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirilishi, ya’ni bilvosita nazorat qilish (investitsiyalar kiritish, kredit va subsidiyalar berish yo’li bilan) siyosatini amalga oshirish, ba’zi hollarda siyosiy tazyiq o’tkazish kabi hodisalar ham hozirgi davrning xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Iqtisodiy jihatdan qaram mamlakatlarga savdo embargosi orqali siyosiy shartlar qo’yish amaliyotini, buning oqibatlarini boshdan kechirgan Iroq, Eron, Liviya, Kuba kabi mamlakatlar misolida ko’rish mumkin. Ma’lum davrlarda jahon iqtisodiyotida, alohida olingan mintaqalarda, mamlakatlarda sodir bo’ladigan turli inqirozlar milliy, shu jumladan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammolarining dolzarbligini oshiradi. Ma’lumki, AQSH ipotekali kreditlash tizimidan boshlanib, keyinchalik jahon iqtisodiyotini qamrab olgan “moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi”12. Bunday sharoitda milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholini turmush darajasini pasayib ketishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada zaruriy chora-tadbirlarni belgilash uchun esa tahdidlarning xarakteri, miqyosi, ularning oqibatlarini bilish kerak bo’ladi. Hozirga kelib O’zbekiston integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning, global moliyaviy- iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida ta’kidlanganidek, buning tasdig’ini respublikaning tashqi dunyo bilan aloqalarining tobora kuchayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirilayotganligida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida va boshqalarda ko’rish mumkin. Bunday sharoitda mamlakat korxonalarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini ta’minlash, dunyo bozorlari talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni rag’batlantirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash esa mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ham, milliy xavfsizlikni ham birdek ta’minlash davlatning eng asosiy funktsiyalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy xavfsizlik ta’minlanishi uchun kamida ikkita shart bajarilishi kerak: – birinchisi, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, xo’jalikning taraqqiy etishiga tegishli bo’lgan qarorlarni o’z manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilish qobiliyatini saqlab qolish; – ikkinchisi, aholining erishilgan turmush darajasini saqlab qolish va uni yanada yuksaltirish imkoniyatlarining mavjud bo’lishi13. SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiy xavfsizlik – bu eng avvalo mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligidir. Har qanday fanning predmeti va ob’yekti mavjud bo’lganidek “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud. Bir tomondan iqtisodiy tizimning ob’yektiv himoyalanish hususiyatlari, unga xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan, davlatning himoyachi sifatidagi funktsiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan institutlarni o’rganish ushbu fanning predmeti bo’lib hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot va unda amalga oshadigan jarayonlar “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ob’yektini tashkil etadi. Davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida nazariy va amaliy bilimlar berish fanning maqsadi bo’lib hisoblanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling