O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 215.7 Kb.
bet88/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

“Davom ettir” o‘yini. Bu o‘yin musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Doskaga
chiqqan o‘quvchilar bir-birlarining yozgan so‘zlarining oxirgi harfiga zudlik bilan
yangi so‘z topib yozishlari talab qilinadi. Qaysi guruh o‘quvchisi zudlik bilan so‘z
topa olmasa, o‘sha guruh mag‘lub sanaladi. O‘yin davomida qanday so‘zlarni
yozish kerakligini o‘qituvchi bolalarga tushuntiradi. Masalan: sinf jihozlari nomi,
shaxs nomlari, o‘rin-joy nomlari, qarindosh-urug‘ nomlari, o‘quv qurollari nomi,
yozuv qurollari nomi, badiiy asarlar nomi, narsa-jismlar nomi, uy-ro‘zg‘or
buyumlari nomi, hayvonlar, qushlar, parrandalar nomi kabi.
Namuna: parta, arra, alla, amma, aka, atlas, sinf, fil, lochin, nina, ayiq, quyon,
nok, kitob, baqa, asal, likop, pichoq, qurt, tesha, ayvon, nihol, lagan,..
Bu o‘yin bolalarni topqirlikka, hozirjavoblikka o‘rgatadi, nutqining ravon
bo‘lishini ta’minlaydi.
Ta’limiy o‘yinlar o‘zining tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega ekanligi bilan ham
ahamiyatlidir. O‘yin mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilar bir-birlari bilan
jipslashadilar, do‘stlashadilar, bir-birlariga yordamlashadilar. Shu bilan birga,
o‘quvchilarda ishchanlik, zukkolik, hozirjavoblik kayfiyati hukm suradi.
Husnixat darslari bolalarning chiroyli yozuvini ta’minlabgina qolmay, ularda
imloviy malakalarning shakllanishida ham muhim bosqich hisoblanadi.
O‘quvchilarda “Alifbe” davridan boshlab o‘zlari yozayotgan matnlarini 3 xil yo‘l
bilan tahlil qila olish imkoniyatini shakllantirib borish lozim. Ya’ni o‘quvchidan
matndagi so‘zlarning tarkibini: nechta harfdan va nechta bo‘g‘indan tuzilganligini
bilishlari, so‘zning ma’noviy tomonini bilishlari va so‘zning grafik tasvirini to‘g‘ri
ifodalay olishlari talab qilinadi. Bu talablar esa husnixat darslarining ona tili
darslari bilan uzviy bog‘liq ekanligini e’tirof etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar: 
1. Yozuv va husnixat darslarida yangi pedagogik texnologiyalar haqida
tushuncha bering.
2. Ta’limiy o‘yinlar haqida haqida tushuncha bering.
3. Unsurlar asosidagi o‘yinlar haqida tushuncha bering.

108
4. Harflar asosidagi o‘yinlar haqida tushuncha bering.


5. Bo‘g‘inlar asosidagi o‘yinlar haqida tushuncha bering.
6. So‘zlar asosidagi o‘yinlar haqida tushuncha bering.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling