O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 215.7 Kb.
bet85/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

8-mavzu: 
Yozuv 
va 
husnixat 
darslarida 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish
Darsning rejasi:
1. Mavzuni e’lon qilish
2. Adabiyotlar ro‘yxatini taqdim qilish
3. Mavzu mohiyatini talabalarga yetkazish
4. Talabalar bilan savol-javob o‘tkazish, mavzuni mustahkamlash
Dars turi: ma’ruza
Ta’lim texnologiyalari: anjuman-ma’ruza, savol-javob, “Klaster”, “Aqliy
hujum” va b.
Adabiyotlar ro‘yxati: 
 Abdullayеv Y. Hamrohim (Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma). T.,
“O‘qituvchi”, 1996.

105
 Abdullayeva Q., Nazarov H., Yo‘ldosheva SH. Savod o‘rgatish metodikasi.


T., “O‘qituvchi”, 1996.
 Qosimova K va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., “Noshir”, 2009.
 G‘ulomov M. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. T., “O‘qituvchi”,
1992.
 www.ziyonet.uz

www.pedagog.uz

Ma’ruza matni 
Reja:
1. Ta’limiy o‘yinlar haqida
2. Unsurlar asosidagi o‘yinlar.
3. Harflar asosidagi o‘yinlar.
4. Bo‘g‘inlar asosidagi o‘yinlar.
5. So‘zlar asosidagi o‘yinlar.
Tayanch iboralar: pedagogik texnologiyalar, ta’limiy o‘yinlar
 “So‘z ichida so‘z” o‘yini. Bolalar 2 komandaga bo‘linadilar. O‘qituvchi
doskaga ikkala komandaga bittadan so‘z yozib qo‘yadi. Bolalar so‘zning har bir
harfiga yana so‘z topib, yuqoridan pastga tomon chiroyli yozuv qoidalari asosida
so‘z yozib to‘ldirib boradilar. To‘ldirish davomida o‘qituvchi bolalarning lug‘at
boyligini ham sinab olishi mumkin. So‘zlar sinf jihozlari, o‘quv qurollari,
hayvonlar, qushlar, parrandalar, meva va sabzavotlar nomlari bo‘lishi mumkin.
Masalan: “Samarqand” so‘zi.
S – sabzi
A – ayiq
M – maymun
A – arslon
R – radio
Q – quyon
A – asal
N – non
D – daraxt
Yoki “Mamlakat” so‘zi.
M –malina
A – asal
M – maqsad
L – limon
A – archa
K – karam
A – alla
T – tilla
Komanda a’zolarining so‘zlarni tez to‘ldirishigagina emas, balki so‘zlarni
yozishda kalligrafiyaga qanchalik ahamiyat berayotganligiga e’tibor talab qilinadi.

106


Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling