8-mavzu:
Yozuv
va
husnixat
darslarida
yangi
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish
Darsning rejasi:
1. Mavzuni e’lon qilish
2. Adabiyotlar ro‘yxatini taqdim qilish
3. Mavzu mohiyatini talabalarga yetkazish
4. Talabalar bilan savol-javob o‘tkazish, mavzuni mustahkamlash
Dars turi: ma’ruza
Ta’lim texnologiyalari: anjuman-ma’ruza, savol-javob, “Klaster”, “Aqliy
hujum” va b.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Abdullayеv Y. Hamrohim (Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma). T.,
“O‘qituvchi”, 1996.
105
Abdullayeva Q., Nazarov H., Yo‘ldosheva SH. Savod o‘rgatish metodikasi.
T., “O‘qituvchi”, 1996.
Qosimova K va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., “Noshir”, 2009.
G‘ulomov M. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. T., “O‘qituvchi”,
1992.
www.ziyonet.uz
www.pedagog.uz
Ma’ruza matni
Reja:
1. Ta’limiy o‘yinlar haqida
2. Unsurlar asosidagi o‘yinlar.
3. Harflar asosidagi o‘yinlar.
4. Bo‘g‘inlar asosidagi o‘yinlar.
5. So‘zlar asosidagi o‘yinlar.
Tayanch iboralar: pedagogik texnologiyalar, ta’limiy o‘yinlar
“So‘z ichida so‘z” o‘yini. Bolalar 2 komandaga bo‘linadilar. O‘qituvchi
doskaga ikkala komandaga bittadan so‘z yozib qo‘yadi. Bolalar so‘zning har bir
harfiga yana so‘z topib, yuqoridan pastga tomon chiroyli yozuv qoidalari asosida
so‘z yozib to‘ldirib boradilar. To‘ldirish davomida o‘qituvchi bolalarning lug‘at
boyligini ham sinab olishi mumkin. So‘zlar sinf jihozlari, o‘quv qurollari,
hayvonlar, qushlar, parrandalar, meva va sabzavotlar nomlari bo‘lishi mumkin.
Masalan: “Samarqand” so‘zi.
S – sabzi
A – ayiq
M – maymun
A – arslon
R – radio
Q – quyon
A – asal
N – non
D – daraxt
Yoki “Mamlakat” so‘zi.
M –malina
A – asal
M – maqsad
L – limon
A – archa
K – karam
A – alla
T – tilla
Komanda a’zolarining so‘zlarni tez to‘ldirishigagina emas, balki so‘zlarni
yozishda kalligrafiyaga qanchalik ahamiyat berayotganligiga e’tibor talab qilinadi.
106
Do'stlaringiz bilan baham: |