O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 215.7 Kb.
bet87/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

“So‘zdan so‘z yasaymiz” o‘yiniBu o‘yin uchun o‘qituvchi tomonidan ko‘p
harfli so‘zlar tanlanadi. O‘quvchilar so‘z ichidagi harflarni qatnashtirib yangi
so‘zlar hosil qiladilar va navbat bilan doskaga yozib boradilar. Bu o‘yin
o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi, lug‘at boyligini o‘stiradi. Shu bilan
birga, o‘quvchilarning yozuvi ustida ishlash uchun mashq sifatida ham xizmat
qiladi. o‘yin topshirig‘ini doskadagina emas, balki har bir o‘quvchi mustaqil
holatda o‘zlarining daftarlarida ham bajarishlari mumkin. Eng ko‘p va chiroyli so‘z
yozgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladilar. O‘yin uchun so‘zlar: O‘zbekiston,
mustaqillik, Respublika, Andijon.
O‘zbekiston so‘zidan quyidagi so‘zlarni yasash mumkin: o‘z, o‘zbek, is, to‘n,
kon, ko‘n, bek, tin, kit, ko‘z, tok, sot, son, tez, tiz, kez, nok, bo‘z, biz,..
Mustaqillik: qil, alla, uqala, qul, qullik, sut, suq, silla, atlas, kalla, kut,..
Respublika: pul, sep, sel, bel, bek, kar, sur, bur, lira, ball, bar, kes,..
Andijon: jon, on, in, ona, ini, din, don, jin, nina, Odina,..
Bu o‘yin 3-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilsa, yaxshi samara beradi.

107
“Xotira mashqi” o‘yini. Bu o‘yin o‘quvchilarning xotirasini charxlaydi,


eshitgan yoki ko‘rgan narsasini yoki so‘zini eslab qolishga o‘rgatadi. Buning
uchun o‘qituvchi bir nechta so‘zlar yozilgan plakatni doskaga ilib qo‘yadi va
o‘quvchilarga mana shu so‘zlarni esda saqlab qolishni tayinlaydi. O‘quvchilar
navbat bilan eslarida saqlab qolgan so‘zlarini doskaga chiroyli qilib yozib
boradilar. O‘yin musobaqa tarzida o‘tkaziladi. 2 guruhga bo‘lingan bolalar uchun
alohida so‘zlar tizimi tanlanadi. Masalan: kuz, dala, bola, salom, maktab, ruchka,
ko‘ylak, osmon, siyoh, varaq, nina, tufli, o‘yin, harf, gilam, mashina, qo‘shiq,
qalam.
O‘qituvchi o‘yin uchun muddat belgilaydi va o‘yin oxirida so‘zlarni qiyoslab,
sanab chiqadi. So‘zlarni ko‘p eslab qolgan va husnixat bilan yozgan guruh g‘olib
sanaladi. Albatta, o‘yin g‘olibini aniqlashda so‘zlarning imloviy jihatlariga ham
e’tibor beriladi.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling