O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 215.7 Kb.
bet86/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

“Kim ko‘p so‘z yozadi?” o‘yiniBu o‘yin ham guruhlar asosida musobaqa


tarzida o‘tkazilishi mumkin. Bu o‘yinda bolalar biror harf bilan boshlanadigan
so‘zlarni topib doskaga yozishlari kerak. 2 ta o‘quvchiga bitta harf aytiladi. Ular
o‘qituvchining ishorasiga qadar shu harf bilan boshlanadigan so‘zlarni yozishlari
kerak. Qaysi o‘quvchi chiroyli, tez, aniq va ko‘p yoza olsa, shu o‘quvchi g‘olib
sanaladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘yin shartini tushuntirish paytida birinchi
o‘quvchiga kishilarning ismini, ikkinchi o‘quvchiga esa narsa-jismlarning nomini
yozishni tushuntiradi. SHunda o‘quvchilar bir-birlarining so‘zlarini takroran yozib
qo‘ymaydilar.
Masalan: b harfi. 1-o‘quvchi: bola, bob, bosh, bor, baliq, bahor, bet, ..
2-o‘quvchi: Bahodir, Baxtiyor, Botir, Bunyod, Bahora,..
Bu o‘yinni 1-sinfda ma’lum bir harfning kichik va bosh shakli o‘rganib
bo‘lingandan so‘ng o‘tkazish yaxshi samara beradi.
“Bo‘g‘inlardan so‘z tuz” o‘yini. Bu o‘yin yuqorida aytilgan “Qarmoq”
o‘yiniga ham o‘xshab ketadi, lekin “Qarmoq” o‘yinidan farqlanadi. O‘qituvchi
doskaga bir nechta bo‘g‘inni yozib qo‘yadi, o‘quvchilar navbat bilan bo‘g‘inlarga
ikkitadan so‘z tuzib, bo‘g‘inlar sonini kamaytirib boradilar, ya’ni so‘z tuzilan
bo‘g‘inlar doskadan o‘chirilib boriladi. Qaysi komanda yoki guruh bo‘g‘inlarni tez
o‘chirib tugatsa va chiroyli yozsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi. Masalan: 1-guruh
uchun bo‘g‘inlar: ma, mu, mo, ka, ki, tab, lom, te, chi, moq.
2-guruh uchun bo‘g‘inlar: le, gi, ol, shar, da, bo, bu, qu, la, ish.
So‘zlar: ma-shina, ma-lina, mu-shuk, mu-loyim, mo-mo, mo-viy, te-le-vizor,
te-le-fon, gi-los, yoz-gi, ol-ma, ol-cha, ..
“Bir xil bo‘g‘inni top” o‘yini. So‘zlar o‘qituvchi tomonidan doskaga yozib
qo‘yiladi. O‘quvchilar yozilgan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi asosida
bo‘g‘inlab yozadilar. Albatta, o‘qituvchi so‘z tanlashda bir-biriga shaklan
o‘xshaydigan, lekin bo‘g‘inlab ko‘chirishda bir-biridpn farqlanadigan so‘zlarni
topib guruhlarga bo‘lib yozadi. Masalan: mashina, malina, maktab, makkajo‘xori,
salom, yuksal, assalom, dala, dalda, . .

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling