O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti tabiiy filologiya fakulteti


Download 394.54 Kb.
bet1/11
Sana25.01.2023
Hajmi394.54 Kb.
#1120034
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi jorayev



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FILOLOGIYA FAKULTETI

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI 407- GURUH TALABASI SOLIJONOVA MAHBUBANING
MUSTAQIL ISHI

Mavzu:Cho’lponning ,,Ketding” she’ri tahlili
Bajardi:_______________________
Tekshirdi :___________________


Andijon 2023

Mundarija;
Kirish
I BOB.DUNYO OKEANI TABIIY RESURSLARIGA UMUMIY TA’RIF.
1.1. Jahon okeanining manbalari,ularning turlari va ahamiyati.
1.2.Dunyo okeani iqlimiy resurslari.
1.3.Kosmik,biologik resurslar va ularning ahamiyati.
II BOB.DUNYO OKEANI TABIIY RESURSLARIDAN FOYDALANISH.
2.1.Dunyo okeani tabiiy rektatsion resurslari.
2.2. Jahon okeani resurslarining rivojlanishi.
2.3.Okeanlarning ifloslanishi global ekologik muammolar sifatida.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Insoniyatning yaqin kelajagida katta ahamiyatga ega bo`lishi kutilayotgan tabiiy resurs turlaridan biri Dunyo okeani resurslaridir. U amalda bitmas-tuganmas xazinadir.Bu xazinaning dastlabki xili dengiz va okean suvining o`zidir. U yer yuzi gidrosferasining 96,5% ini tashkil qiladi. Dengiz suvlarining eng muhim xususiyatlaridan biri unda D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi 75 xil kimyoviy elementning erigan holda mavjudligidir. Shu sababli suvni tabiatning eng muhim minerali deb ham hisoblaydi.Dunyo okeani suvida eng ko`p erigan holda uchraydigan boyliklardan biri tuzdir. Qadim zamonlardayoq dengiz suvidan osh tuzi ajratib olishga erishilgan. Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda hozir ham tuz olishda dengiz suvidan foydalanishadi. Umuman, hozirgi vaqtda dunyo bo`yicha iste`moldagi tuzning 1/3 qismi dengiz suvlaridan olinmoqda. Dengiz suvlarida magniy, oltingugurt, brom, yod, aluminiy, mis, uran, kumush, oltin kabi elementlar mavjud. Ulardan hozirgi paytda magniy, brom kabi elementlar ajratib olinmoqda. Boshqa xildagi yana bir muhim boylik turi Dunyo okeani ostidagi mineral resurslardir. Quruqlikda uchraydigan deyarli barcha turdagi mineral resurslar dengiz va okean sayozliklarida (shelf) ham mavjud. Hozirgi vaqtda anchagina xildagi mineral resurslar dengiz shelflaridan qazib olinmoqda. Ayniqsa, Fors, Meksika qo`ltiqlari, Shimoliy, Kaspiy, Barens kabi dengizlar sayozliklaridan qazib chiqarilayotgan neft va gaz miqdori yildan yilga oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda okean ostining boshqa xil qazilma boyliklaridan foydalanish ham kuchayib bormoqda. Jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Xitoy shelflaridan ko`mir, Indoneziya, Tailand qirg`oq sayozliklaridan qalayi, shuningdek, olmos (Namibiya), qahrabo (Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad oblasti), oltin vat emir-marganes konkretsiya (tabiiy qotishma - AQSH) mineral resurslari qazib olina boshlandi.Dunyo okeanining uchinchi xil boyligi energetika resurslaridir. Bunday boyliklar ko`lami ham juda katta. Hozir dengiz suvining qalqishi (ko`tarilishi va pastga tushishi) hosil bo`ladigan energiyani o`zlashtirishda dastlabki yutuqlarga erishilgan. Rossiya, Knada, AQSH, Argentina, Avstraliya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya davlatlari suv qalqishi energiyasi zaxiralari bilan yaxshi ta`minlangandir. Aynan davlatlarning ko`pchiligida hozirgi vaqtda qalqish elektr stansiya (QES) lari qurilgan.Nihoyat, Dunyo okeanining inson uchun eng ahamiyatli to`rtinchi xil boyligi – biologic resurslardir. Suvdagi deyarli barcha turdagi hayvonot va o`simliklar hayot uchun eng zarur hisoblanadigan oqsil va boshqa zaruriy birikmalarga boy.Ma`lumotlarga ko`ra, okean suvlarida 140 ming turdagi hayvonot va o`simliklar bor. Hozir dunyo aholisining oqsillarga bo`lgan ehtiyojining 20% idan ko`proq dengiz hayvonlari hisobiga qoplanmoqda. Jami ovlanadigan dengiz hayvonlarining 85% i baliqlar hissasiga tog`ri keladi.

Download 394.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling