O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat universiteti Sirtqi bo’lim btsti yo’nalishi
Download 17.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqTeshaboyeva Muyassar
Dars ishlanma
Mavzu: Non isi (rivoyat) Darsning maqsadi: Ta`limiy: o‘quvchilarni «Non isi» rivoyati bilan tanishtirish, ularda to‘g‘ri, va ravon o‘qish malakalarini shakllantirish; FK1: o`qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi; Tarbiyaviy: o‘quvchilarda aziz ne`mat bo`lgan nonni qadrlashga, uni asrab-avaylashga, nonni uvol`qilmaslikka o‘rgatish; TK5: badiiy asarlarda aks etgan ma`naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to`g`ri tushunish hamda tushuntirib bera olish; Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil ishlash, matnni qayta hikoya qilish, lug‘at ustida ishlash, erkin fikrlash malakalarini rivojlantirish; FK2: o`rganilgan asarlarning nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida ularga baho bera oladi. Darsning turi: yangi bilimlar beruvchi dars. Darsning metodi: suhbat, ifodali o`qish, hikoya qilish, ko`rgazmalilik, Darsning jihozi: darslik, multimediya ilovalari, rangli rasmlar, Alisher Navoiy va Husayn Bayqaro rasmlari Darsning borishi: Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, tozalik, darsga tayyorlanish. O`tilgan mavzuni mustahkamlash O`tgan mavzu “Alisherning yoshligi” mavzusi edi. Uyga vazifa shu matnni ifodali o`qib kelish edi. O`quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi: - Kiyikni Alisherga kim olib kelgan edi? - Alisherning do`sti kim bo`lishni orzu qildi? - Alisher hayotda nimani zaruriyat deb bildi? - Nima uchun maktab zaruriyat ekan? O`quvchilar matnni birin-ketin ifodali o`qiydilar. So`ng yangi mavzu e`lon qilinadi. Yangi mavzu bayoni Bolajonlar sizlar bilan bugun “Non isi” nomli rivoyat haqida suhbatlashamiz. Allomalar rasmlari doska o`rtasiga qo`yilib, rivoyat matni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga ifodali qilib o`qib beriladi. O`quvchilardan diqqat bilan eshitishlari so`raladi. So`ng o`quvchilardan rivoyat voqealari haqida fikrlari so`raladi. Oxirida o`qituvchining fikri bilan to`ldiriladi. O`quvchilarning o`zlari ham rivoyatni navbatma-navbat o`qishadi. Rivoyat matnida uchragan tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi olib boriladi. Lug`at ishi: - Vazir – qadimda davlat boshlig`ining o`rinbosari - Sulton – qadimda davlat boshlig`i shunday deb ham atalgan Quvnoq daqiqa o`tkaziladi Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzu yuzasidan o`quvchilar bilan suhbat o`tkaziladi? Non qadri, chin do`stlik kabi atamalar haqida suhbat olib boriladi. Savollar beriladi: - Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi? - Navoiy vazirlarga qanday maslahat berdi? Maqol: Keksalik – Donishmandlik. O`quvchilar tez aytish va topishmoqlar aytishib bellashadilar. Darsni yakunlash va baholash Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi. Uyga vazifa “Non isi” rivoyatini ifodali o`qib kelish. Download 17.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling