O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat universiteti Sirtqi bo’lim btsti yo’nalishi
Download 17.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqTeshaboyeva Muyassar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars ishlanma Mavzu: Shamol va quyosh (masal) Ezop Darsning maqsadi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat universiteti Sirtqi bo’lim BTSTI yo’nalishi 3-kurs 317-guruh talabasi Teshaboyeva Muyassarning “Ona tili o’qitish texnologiyasi” fanidan MUSTAQIL ISHI Dars ishlanma Mavzu: Shamol va quyosh (masal) Ezop Darsning maqsadi: Ta`limiy: o`quvchilarnini “Shamol va quyosh” masali bilan tanishtirish. Masal matnini ifodali, rollarga bo`lib o`qish, savollar tuzish ko`nikmalarini takomillashtirish; FK1: asar mazmunini og`zaki bayon qila olish; Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik sifatlarini tarbiyalash, maqtanchoqlik yomon odat ekanini uqtirish; TK4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, lug`at ustida ishlash, ongli va ifodali o`qish, erkin va mustaqil fikrlashini rivojlantirish; FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars. Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli. Darsning jihozi: Darslik, multimedia vositalari, ko`rgazma va tarqatma materiallar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, tozalikka qarash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish. O`tilgan mavzuni mustahkamlash Uyga vazifa – Oy allasi (Odil Abdurahmon) she`rini ifodali o`qib kelish edi. - Oy – ona bolasi yulduzga nimalar haqida so`zladi? - Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga o`xshatilgan? Har bir o`quvchi birma-bir she`rni ifodali o`qishadi. So`ngra yangi mavzu e`lon qilinadi. Yangi mavzu bayoni Qadrli bolajonlar, bugun sizlar bilan Ezopning “Shamol va quyosh” masali bilan tanishamiz. (O`qituvchi muallif haqida qisqacha ma`lumot beradi.) Monitorga darslikdagi shamol hamda quyosh tasviri chiqariladi. Masalni o`qituvchi ifodali qilib o`qib beradi, o`quvchilar diqqat bilan tinglashadi. O`quvchilar “Zanjir” usulida matnni qismlarga ajratib, birma-bir o`qiydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi. Lug`at ishi: - Po`stin – hayvon terisidan tikilgan qalin kiyim - Taft – harorat, issiqlik Quvnoq daqiqa o`tkaziladi Yangi mavzuni mustahkamlash O`quvchilar bilan masal mazmuni haqida savol-javob o`tkaziladi. - Shamol va quyosh nima uchunn bahslashib qolishdi? - Shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi? - Oliyjanoblik qanday xislat? Tez aytish: Qo`ng`iroq qo`g`irchoqnikimi, qo`zichoqnikimi? Topishmoq: Yungi igna, Burni tugma, Ko`zi munchoq, Bag`ri yumshoq. Darsni yakunlash va baholash Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi. Uyga vazifa “Shamol va quyosh” masalini ifodali o`qib kelish. Download 17.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling