Mavzu 17. Mеxatronikada ishlatiladigan datchiklar. Datchiklarning umumiy xususiyatlari va ularning ishlab chiqarish parametrlari. Datchiklarni o‘lchov parametrlariga ko‘ra klassifikatsiyasi.
Mavzu 18. Mеxatronikada ishlatiladigan holat datchiklari.Datchiklarning texnik xususiyatlari. Holat datchiklarining ishlash prinsipi va turlari. Potensiometrik, induktiv va sig‘im datchiklari. Qo‘llanilish sohalari.
Mavzu 19. Mеxatronikada ishlatiladigan tеzlik datchiklari.Datchiklarning texnik xususiyatlari. Tezlik datchiklarining ishlash prinsipi va turlari.
Qo‘llanilish sohalari.
Mavzu 20. Tеxnologik paramеtrlar datchiklari.Tenzometrik datchiklar. Pyezoelektrik prinsipida ishlaydigan datchiklar. Xoll, magnitorezistorli datchiklar.
Qo‘llanilish sohalari.
Mavzu 21. Signallarni qayta ishlash.Signal turlari. Garmonik signal. Modulyatsiya, diskretlashtirish va o‘lchov signallarini kodlashtirish.
Mavzu 22. Raqamli texnika asoslari. Mikroprotsessor haqida umumiy maʼlumot. Mikroprotsessor va mikrokontrollerning farqlari. Sanoq sistemalari. Mantiqiy elementlar. Trigger.
Mavzu 23. Ma’lumotlarni saqlash. Hisoblagichlar. Deshifratorlar. Multipleksorlarning ishlash prinsipi.
Mavzu 24. AVR mikrokontrollerlari haqida umumiy ma’lumot. AVR mikrokontrollerlarining tuzilishi. Hotira turlari. Kirish-chiqish portlarini boshqarish. Mikrokontrollerlarni dasturlash usullari. Dasturlash bosqichlari.
Mavzu 25. AVR mikrokontrollerlari registrlari. Registrlar xaqida tushuncha. Mikrokontroller registrlari. Umumiy foydalaniladigan registrlar. Kirish-chiqish registrlari.
Mavzu 26. ISIS PROTEUS simulyatori haqida umumiy tushunchalar.ISIS PROTEUS simulyatori haqida umumiy maʼlumotlar. ISIS PROTEUS dasturida menyular satri va asboblar paneli bilan ishlash.
Mavzu 27. ISIS PROTEUS simulyatorida ishlash.ISIS PROTEUS simulyatori virtual asboblari. ISIS PROTEUS simulyatori kutubxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |