O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Andijon Davlat Pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika va astronomiya yo`nalishi


Download 241.75 Kb.
bet1/5
Sana19.04.2023
Hajmi241.75 Kb.
#1366415
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bio-savar-Laplas qonuni. Bio savar laplas qonunining turli magnit maydonlarni hisoblashga tatbiqi



O`zbekiston Respublikasi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Andijon Davlat Pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Fizika va astronomiya yo`nalishi
203-guruh talabasi Mehmonaliyeva Gulasalning
Umumiy fizika ( Elektr va magnetizm) fanidan


Kurs ishi
Mavzu: Bio-savar-Laplas qonuni. Bio savar laplas qonunining turli magnit maydonlarni hisoblashga tatbiqi


Ish rahbari: O`qituvchi Akbarova Gulhayo


Andijon-2023
Mavzu: Bio-savar-Laplas qonuni. Bio savar laplas qonunining turli magnit maydonlarni hisoblashga tatbiqi


Reja:

  1. KIRISH.

II. ASOSIY QISM
1.Bio – Savar – Laplas qonuni
2.Bio-savar-Laplas qonuni. Bio savar laplas qonunining turli magnit maydonlarni hisoblashga tatbiqi
3.Bio – Savar – Laplas” qonunining yaratilish tarixi va moxiyati.
4. Bio savar laplas qonunining turli magnit maydonlarni hisoblashga tatbiqi
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
Kirish

Bio-savar-laplas qonuni — oʻtkazgichdan oʻtayotgan elektr toki bilan u hosil qilgan magnit maydoni kuchlanganligi orasidagi munosabatni ifodalovchi qonun. Bu qonunni 1820-yilda J. B. Bio va F. Savar topgan.


Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenti jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845-yilda fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi Magnit maydon oʻzgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bogʻlangan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga, Magnit maydon ning elektr tokiga taʼsiri esa Amper qonuniga asosan aniqlanadi.
Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga magnit maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.
Harakatlanuvchi elektr zaryadi magnit maydonda tekis aylanma (vint chizigʻi boʻyicha) harakat qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yoʻnalishi qarama-qarshisiga oʻzgarishi mumkin. Magnit maydonning bunday joylari magnit koʻzgular deyiladi. Magnit maydon taʼsirida atom ichidagi elektronlar qoʻshimcha harakat qiladi. Atomning nurlanishi magnit maydon taʼsirida oʻzgaradi (qarang Zeyeman effekti). Jismda tarqaluvchi yorugʻlikning qutblanish tekisligi Magnit maydon taʼsirida maʼlum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer, Quyosh singari koʻpgina moddiy sistemalar magnit maydonga ega. Quyosh dogʻlari kuchli magnit maydon bilan bogʻlangan. Quyoshdagi oʻzgarishlar natijasida Yer magnit maydonning kuchli gʻalayonlanishi — magnit boʻronlari hosil bo’ladi. Kosmosni oʻzlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydon ni oʻrganish bilan bogʻliq. Magnit maydon, asosan, kuchsiz (500 Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va oʻta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga boʻlinadi. Kuchsiz va oʻrtacha magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kGs gacha boʻlgan Magnit maydondan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi kurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va oʻta kuchli Magnit maydon, asosan, qattiqjismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm xossalarini oʻrganishda, magnitogidrodinamik generator va boshqalarda ishlatiladi. Kucheiz va oʻrtacha Magnit maydon doimiy magnitlar, elektr magnitlar, oʻta oʻtkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr toki utkazgichi) yordamida, kuchli magnit maydon yoʻnaltirilgan portlatish usulida olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida oldindan kuchli impulyeli magnit maydon hosil qilinadi va u kuchli portlashning radial bosimiga duchor qilinadi)

Download 241.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling