O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 442.31 Kb.
|
УМК ИҚТИСОДИЙ ХАВФСИЗЛИК
Qisqacha xulosalar
1. Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikning eng asosiy ijtimoiy indikatorlaridan bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. Mamlakatni va jamiyatni isloh qilishning eng murakkab o’tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilganligi va aholini himoya qilishning o’xshashi bo’lmagan, samarali mexanizmini ishlab chiqilganligi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamladi va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qildi. 2. Mustaqillik yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha olib borilgan siyosat to’la-to’kis o’zini oqladi. Bunday siyosat o’rtacha umr ko’rish darajasini uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko’tarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish va oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi. 3. Insonning iqtisodiy xavfsizligi bu insonning muhim hayotiy manfaatlarining himoyalanishi uchun shart-sharoitlarning kafolatlangandagi, ijtimoiy taraqqiyot hamda inson va jamiyat himoyasi tizimi ta’minlangandagi holatdir. 4. Insonning ijtimoiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyoti, shu jumladan, sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini individning yetarli hajmda va sifatli ne’matlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beradigan darajada taraqqiyotga erishishni bildiradi. 5. Ishsizlik jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kelib chiqishining bosh sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim indikatori sifatida alohida e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan muammolar qatorida turadi. Ishsizlik mamlakatda mavjud tabiiy, mehnat, moddiy, iqtisodiy va moliyaviy resurslardan samarali hamda yetarlicha foydalanmaslik holatini anglatadi. 6. Oziq-ovqat xavfsizligi va uni ta’minlash masalasi bevosita milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda oziq-ovqat xavfsizligi muammolari kishilar hayot faoliyatining muhim tizimi sifatida jiddiy ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Ushbu muammo o’zining dolzarbligi jihatidan harbiy va umumiqtisodiy xavfsizlik bilan bir qatorda turadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakat suverenitetini, iqtisodiy xavfsizligini va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda. Download 442.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling