MUSTAQIL ISHNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Mustaqil ishning maqsadi – tanlangan mavzu savollarini chuqur o’rganish, bozor iqtisodiyoti sharoitida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, adabiyot va statistik materiallar ustida ishlash bo’icha ko’nikmalar hosil qilish hamda iqtisodiy tahlilni amaliy hulosa va takliflar darajasiga yetkazishdan iborat.
Mustaqil ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o’rganilayotgan ob’ektni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish usullari orqali mustahkamlash, nazariy bilimlarni kengaytirish;
ushbu muammolar bo’yicha davlat tomonidan qabul qilingan tadbirlar tizimini o’rganish;
kerakli adabiyotlarni tanlash, ko’nikmalarni egallash va statistik materiallar bilan ishlash;
ilmiy ishlar bilan shug’ullanish ko’nikmalarini egallash, o’z fikrini to’g’ri va ketma-ketlikda bayon qilishni o’rganish va shu kabilar.
Mustaqil ishda o’rganilayotgan ob’ekt bo’yicha bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar har tomonlama yoritilgan bo’lishi kerak. SHu munosabat bilan qabul qilingan Qonunlar, Prezident Qarorlari va Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini o’rganish zarur.
Ushbu xujjatlarni bilish mustaqil ishining har bir savolini yoritishda o’z ifodasini topishi kerak.
Mustaqil ishni bajarishda statistik usullar va iqtisodiy tahlil qilishni bilish zarur hisoblanadi. Mustaqil ishni topshirish muddati shu fandan o’quv kursi yakunlanish vaqtiga to’g’ri keladi.
MUSTAQIL ISHNI TANLASH TARTIBI
Mustaqil ishni tayyorlash mavzuni tanlashdan boshlanadi. Mustaqil ishni mavzusi kafedra tomonidan taqdim etilgan bo’lib, fan dasturida ko’rsatilgan hamma bo’limlarni o’z ichiga oladi. Mustaqil ishni talaba jurnaldagi tartib raqami bo’yicha yoki o’zi xoxlagan mavzuda yozishi mumkin. Mustaqil ishlari mavzulari ilovada berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |