O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda regional tashkilotlarning
Download 442.31 Kb.
|
УМК ИҚТИСОДИЙ ХАВФСИЗЛИК
3.2. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda regional tashkilotlarning
o’rni va roli Respublika Prezidenti I.Karimovning O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan tantanada so’zlagan ma’ruzasida mamlakatimiz olib borayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida hech kimga sir bo’lmagan bir maqsad, ya’ni O’zbekiston manfaati turganligi alohida ta’kidlab o’tildi30. Hozirgi kunda O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog’liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo’shmoqda31. Hozirgi paytda tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilmoqda: birinchidan, o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi; ikkinchidan, teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; to’rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi; beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish”32. Keyingi yillarda dunyo iqtisodiyoti va siyosatida Osiyoning roli juda tez o’sib bormoqda va ekspertlarning fikricha, u bundan ham o’sib boradi. Markaziy Osiyo faol geosiyosiy raqobat mintaqasiga aylanib bormoqda. Mintaqaning markazida joylashgan O’zbekiston Respublikasi esa strategik jihatdan muhim hududda joylashgan bo’lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi bilan chegaradosh hisoblanadi. Aytish mumkinki, 2005-yilda Markaziy Osiyo hududida sodir bo’lgan (Qirg’iziston, O’zbekiston) voqealar mintaqaning asosiy «nerv tomiri» O’zbekiston orqali o’tishligini ko’rsatdi. SHuning uchun ham ta’kidlash kerakki, mintaqada joylashgan barcha mamlakatlar u yoki bu darajada ekstremizm va xalqaro terrorizm muammolariga duch keladilar. Bundan tashhari Afg’onistonga aksilterror koalitsiya kuchlarining kirib kelishi natijasida bu mamlakatdan narkotrafik hajmining oshganligi bilan bog’liq tahdidning kuchayib borayotganligi ko’rina boshladi. Tojikiston va Qirg’izistonning janubiy hududlari narkotik moddalar biznesi bilan shug’ullanuvchi guruhlar tazyiqi ostida qolmoqda. Bundan tashqari Markaziy Osiyo mintaqasida AQSH faolligining oshib borayotganligi ham siyosatdonlarning fikricha, tahdid bo’lmagan taqdirda, muammoga aylanib bormoqda. CHunki Qo’shma SHtatlar rejalarida nafaqat ushbu mintaqaga harbiy kuchlarini joylashtirish, balki demokratiya shiorlari ostida mavjud rejimlarni almashtirish maqsadlari ham mavjud. Yugoslaviya va Iroq tajribasi shuni ko’rsatadiki, bunday «demokratlashtirish» aksariyat hollarda mamlakatdagi barqarorlikni buzilishiga olib keladi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo’lgan turli tahdidlar yangi xarakterga va shaklga ega bo’lib bormoqda. Bunday sharoitda vujudga kelayotgan tahdidlarga, ya’ni terrorizm, ekstremizm, separatizm, qurol va narkotik moddalar savdosi, uyushgan transmilliy jinoyatchilikka qarshi kuchlarni birlashtirish mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni hal etish, xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ayirmachilik va ektremizm, giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi hamda transmilliy uyushgan jinoyatchilik tahdidlariga qarshi kurashda SHanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar, shu jumladan O’zbekiston muhim rol o’ynamoqda. SHanxay Hamkorlik tashkiloti 2001-yilning 14–15- iyunida bo’lib o’tgan «SHanxay beshligi»ning SHanxay shahrida bo’lib o’tgan oltinchi sammitida tashkil etildi. Bu unga yangi mazmun baxsh etdi va Xitoy shahrining nomini saqlab qoldi. Tashkilot tuzilganidan beri o’tgan vaqt davomida o’zining samaradorligini ko’rsatdi va dunyo hamjamiyati e’tiborini o’ziga tortdi. 2002-yilda Sankt-Peterburgda tashkilotning asosiy ta’sis hujjati – Xartiya qabul qilindi. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik, narkotrafik va qurol-yaroqning noqonuniy savdosi kabi xatarlarga qarshi kurashish Xartiyaning eng muhim masalalari sifatida belgilangan. 2004-yildan boshlab Pekinda SHHTning Sekretariati, Toshkentda esa Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi doimiy faoliyatini boshladi. SHHT hozirga kelib o’z faoliyat doirasini kengaytirib borayotgan to’laqonli xalqaro tashkilotga aylandi. Ushbu tashkilot katta mintaqaning juda ko’p muammolarini hal qila olish qobiliyati bilan jahon jamoatchiligining e’tiborini tortmoqda. 2004-yilda SHHT Birlashgan millatlar tashkilot Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomini oldi. 2005-yilning aprel oyida SHHT-ASEAN va SHHT-MDH memorandumlari imzolandi. Bularning barchasi xalqaro maydonda tashkilotning faolligi oshib borayotganligidan va bu tashkilot bilan hamkorlik qilishga bo’lgan intilishlarning mavjudligidan dalolat beradi. 2010-yilning 5-aprelida Toshkentda O’zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan SHHT va BMT kotibiyatlari o’rtasidagi hamkorlikka oid qo’shma bayonot imzolandi. Ushbu hujjatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yil 18-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyada belgilangan ikki tashkilot o’rtasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillari va yo’nalishlari aks ettirilgan. Markaziy Osiyo SHanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy e’tibor doirasiga kiradi. Lekin Markaziy Osiyodagi xavfsizlik nafaqat SHHT ishtirokchilari, balki barcha Osiyo mamlakatlari uchun ham o’ta muhimdir. Tashkilotning Astona shahrida bo’lib o’tgan sammitida uchta yirik mamlakat – Hindiston, Pokiston, Eron davlatlarining vakillarini kuzatuvchi sifatida ishtirok etganligiga buning isboti sifatida qarash mumkin. Bunday holat SHHT xalqaro siyosatning muhim markaziga aylanib borayotganligini ko’rsatadi. Hozirning o’zida kuzatuvchi mamlakatlar bilan qo’shib hisoblaganda SHHT ulushiga yer yuzi aholisining yarmi, ekspertlarning fikricha yana 20 yildan so’ng dunyo iqtisodiyotining yarmi to’g’ri keladi. Ishtirokchi tashkilotlar o’rtasida o’zaro ishonch, do’stlik va qo’shnichilik munosabatlarini mustahkamlash; ular o’rtasida siyosiy, savdo va iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologik va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni rag’batlantirish; mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash va ta’minlash, yangi demokratik, adolatli va oqilona siyosiy va iqtisodiy xalqaro tartibotni yaratish bo’yicha birgalikda harakatlarni amalga oshirish SHanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlari bo’lib hisoblanadi. Download 442.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling