2.1. Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«IQTISODIY XAVFSIZLIK» FANIDAN
MUSTAQIL ISHLARNI
BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA
Andijon– 2021
Tuzuvchi : Maxmudov S. i.f.n. «Iqtisodiy xavfsizlik» fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma – Andijon.: AMI, 2021.
Taqrizchilar: 1. Dadajonova M. “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish”
kafedrasi dotsenti, i.f.n.
2. Bozorova G. ”Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent.
KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash sohasida ham tub o’zgarishlar qilinishini talab etadi.
SHunday ekan, zamon talablariga javob beradigan bilimdon va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash oliy maktabning dolzarb vazifalaridan biridir.
Yurtboshimiz takidlaganidek: “...hozirgi vaqtda mutaxassislar tayyorlanayotgan har qaysi ixtisoslik yo’nalishi real hayot talablariga qay darajada javob berishi, unga nafaqat bugungi, balki yaqin istiqbolda qanday ehtiyoj borligini har tomonlama chuqur aniqlashimiz lozim” 84.
O’zbekiston mustaqilikka erishgandan keyin oliy ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirilayotganligi ta’lim yo’nalishi bo’yicha kurs ishlari bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalarning yangi avlodi yaratilmoqda.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada bakalavrning mustaqil ishini maqsadi, vazifalari va uni bajarish, mavzulari va ularni tanlash, reja tuzish, kerakli adabiyotlardan foydalanish, amaliy ma’lumotlarni yig’ish, ularni tahlil qilish va internet ma’lumotlaridan keng foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatib berilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5340100 - “Iqtisodiyot” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga va professor - o’qituvchilarga mo’ljallangan.
Boshqa ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar ham ushbu uslubiy ko’rsamadan foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |