Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Andijon mashinasozlik instituti
|
Bobur shoh ko’chasi, 56
|
Kafedra:
|
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish
|
“Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti tarkibida
|
Ta’lim soxasi va yo’nalishi:
|
230000 – “Iqtisod” ta’lim soxasi
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar)
|
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:
|
Maxmudov Silfuza
|
e-mail:
|
Isroilova @umail.uz
|
Dars vaqti va joyi:
|
1-bino 204 auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
01.09.2019-18.11.2020
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
dushanba, payshanba va shanba kunlari 14.00 dan 18.00 gacha
|
Fanga ajratilgan
Soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
43
|
Ma’ruza:
|
30
|
Amaliyot
|
30
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi (prerekvizitlari):
|
“Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Menejment”, “Korxona iqtisodi”
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o’qitishdan maqsad – davlat, jamiyat va shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan xolda mamlakat, korxonalar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Fanning vazifasi – mamlakatda va korxonalarda milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish; iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlari va yo’llarini ko’rsatib berish; O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo’ladigan taxdidlarni xisoblash va taxlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish; globallashuv sharoitida xavfsizlik garovi nimalardan iborat ekanligini tushuntirib berish; regional tashkilotlarning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi o’rnini ko’rsatib berish; terrorizmga qarshi kurashishda strategik xamkorlikni rivojlantirish muammolarini ko’rsatib berish; axoli turmush darajasini oshirish va ishsizlikni oldini olish iqtisodiy xavfsizlikni asosiy omili ekanligini asoslab berish; xufyona iqtisodiyot va korruptsiyaning milliy iqtisodiyotga taxdid ekanligini ko’rsatib berish.
|
Talabalar uchun talablar
|
- o’qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish;
- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o’chirish;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;
- ko’chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;
- darslarga qatnashish majburiy xisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o’zlashtirilishi shart;
- darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
- talaba o’qituvchidan so’ng, dars xonasiga - mashg’ulotga kiritilmaydi;
- talaba reyting ballidan norozi bo’lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin
|
|