Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Kurs ishida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar
Download 422 Kb.
|
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbarning vazifalari
Kurs ishida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlarKafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak. kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta koʻrib chiqish; mavzuni tanlashida talabalarga kerakli koʻrsatmalar va amaliy yordam berish; talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish; talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish; kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish; talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat boʻladi. Ilmiy rahbarning vazifalariKafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi; ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy koʻmak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi; reja boʻyicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va koʻrsatmalar berishi; VIII. KURS ISHI HIMOYASI Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Tugallangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga tekshirish uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ilmiy rahbarning yozma taqrizi bilan ishdagi kamchiliklarni toʻldirish va qayta ishlash uchun talabalarga qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar ilmiy rahbar tomonidan kafedrada himoya qilish uchun ruxsat beriladi. Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 20-30 daqiqa vaqt beriladi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin. Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor – oʻqituvchilar va kurs ishi rahbari boʻlishi lozim. Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, soʻngra himoya yakuni boʻyicha komissiya qarori e‘lon qilinadi. Kurs ishini belgilangan tartibda rasmiylashtirish tegishli jadval, diagramma, chizma va grafiklar bilan boyitishga, hajmiga, ma‘lumotlar bazasinining yangiligiga qarab 5 bahogacha qoʻyiladi. Kurs ishi himoyasi 5 ballgacha belgilanadi. Kurs ishlari, qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, soʻng arxivga saqlash uchun institut arxiviga roʻyxat asosida topshiriladi. Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari koʻriklariga, tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin. Kurs ishida bayon qilingan ma‘lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin. Download 422 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling