O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti kurs ishi mavzu


Download 98.26 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi98.26 Kb.
#1544309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
At-Termiziy hayoti va ijodi

MUALLIF MUQADDIMASI
Alhamdu lillalhillazi hadana likitabihi va fazzolana ‘ala soiril umami biakromi anbiyaihi, hamdan yastajlibul marg`uba min rizoihi va yasta’tiful maxzuna min ‘atoihi va yaj’aluna minash shakiriyna linu’amihi val’arifiynna lialaihi va sollallohu a’ala Muhammadin rosulihil mustofa va nabiyyihil mujtaba va ‘la alihi va ‘itratihit toyyibiyna va ‘ala ashabihi va ummatihi ajma’iyn.
Faqih, zohid, amal qiluvchi olim Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy rahmatullohi alayhi aytadi: Qaysi kishini Alloh taolo odobda taniqli, ilmda nasibali, hukm va pandu nasihatlarda ibratli, solihlarning siyratiga tavaqqufli va mujtahidlarning ijtihodida bo`lishdek ulug` baxt bilan rizqlantirgan bo`lsa, bunday kishini Allohning yo`lida harakat qilishi lozim deb bildim. Chunki Alloh taolo aytadi:
(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo`li – diniga hikmat va chiroyli pand- nasihat bilan da’vat qiling!” (Nahl, 125.)
1. Allohning elchisi Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan Abdulloh ibn Mas’ud (Alloh undan rozi bo`lsin) rivoyat qiladi. “Rasululloh (s.a.v.) bizga malol kelmasin deb, va’z aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo`ygan edilar”.
Mening vasiyatim, avvalo fikr qilib, bulardan eslatma-ibrat olish, keyin boshqalarga eslatish. Bu ishga bizni Alloh taolo buyurgan va rasuli ham. Alloh aytadi:
«Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o`zingiz o`qib-o`rganib, yolg`iz

Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo`lingizlar» (Oli Imron, 79).

Ba’zi mufassirlar bu oyatni: “Insonlarga kitobdan o`rgatayotgan narsalaringizga amal qilguvchi bo`linglar”, deb tafsir qilishgan. Alloh taolo yana aytadi”.


Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlari-gina qo`rqur” (Fotir, 28). Boshqa bir oyatda, U payg`ambari Muhammadga (s.a.v.) deydi:
Ey (liboslarga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan)

ogohlantiring!” (Muddassir, 1-2).
Boshqa o`rinda yana Alloh taolo aytadi:

Va (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero, bu pand nasihatlar mo`minlarga naf yetkazur” (Vaz-zoriyot, 55).


2. Payg`ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganki: “Bir soatlik tafakkur bir yillik nafl ibodatdan yaxshidir”.
Ibrat, hikmat va mav’izalardan yuz o`girgan kishi ikki xislatdan birida bo`ladi: yo oz amal qilib, o`zini ko`p yaxshilik qilguvchilardan hisoblab qoladi. Yo ba’zi harakatlar qilib

urinadi, bu ko`ziga ko`p ko`rinadi va shu bilan o`zini afzal bilib, sa’y-harakat va amallarini yo`q qilib qo`yadi. Agar bularga (hikmat va mav’izalarga)nazar qilsa, ibodatlarga hirsi ziyoda bo`lib, darajasi past ekanini biladi.A llohdan yaxshi amallar va ulug` barakotlarga muvaffaq etishini so`raymiz. U zot ne’mat berguvchi, qodir zotdir.




Download 98.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling