O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti kurs ishi mavzu


Download 98.26 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi98.26 Kb.
#1544309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
At-Termiziy hayoti va ijodi

Muallif muqaddimasidagi hadislar
1. Abdulloh ibn Mas’ud. Muttafaqun alayhi*.

2. Abu Hurayra. «Bir soat fikrlash...» Mavzu’* Abu Shayxning «Al-uzoma» kitobida (44) va Javziyning «Al-mavzu’otlar» kitobida (144/3).




I BOB. IXLOS
2. Faqih (Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadi: Muhammad ibn Labid rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallallohu alayhi vasallam deydilar: “Sizlarning orangizga kirishidan eng xavfsiragan narsam kichik shirkdir”. “Kichik shirk nima, yo Rasulalloh?” deb so`rashdi. Aytdilar: “Riyodir. Alloh taolo bandalarini amallariga ko`ra jazolaydigan kunda ularga: “Dunyoda ular ko`rsin uchun amal qilganlaring kishilarga boringlar, qaranglar-chi, ularning oldida biror yaxshilik topasizlarmi?” deydi”.
Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadiki: Shubhasiz, ularga shu gap aytiladi. Chunki ularning amallari dunyoda aldashlik bo`ldi, ularga oxiratda o`zlarining aldovi asosida muomala qilinadi. Alloh taolo aytganidek:
Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo`ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab qo`yguvchidir” (Niso, 142). Ya’ni aldanganliklari barobarida ularni jazolaydi, amallarining savobini botil qiladi va ularga Alloh aytadi: “Kim uchun amal qilgan bo`lsangizlar, o`shalarga boringlar va albatta, sizlarning amallaringiz uchun Mening huzurimda savob yo`qdir”.1
1.2. Hadis ilmi ilmidagi oltin davri
Islom dini ta ’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keyingi
asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to`plash va ularga muayyan
tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng
bilimdon, tu rli fan asoslarini mukammal o`rgangan, k a tta hayotiy
tajribaga ega bo`lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda
to`rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug`ullangan. M azkur
bilimlarni o`rganishning o`ziga xos yo`nalishi bo`lib, «hadis ilmi» nomi
bilan yuritilgan. Keyingi -yillarda Muhammad alayhis-salomning hayoti,
faoliyati ham da uning diniy-axloqiy ko`rsatm alarini o`z ichiga olgan
hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» («Ishonarli
to`plam»), «Al-adab al-m ufi^d» («Adab durdonalari»), Im om Iso
Muhammad ibn Iso at-Termiziyning «Ash-shamoil an-nabaviya» asarlari
n ash r etildi.
______________________

  1. Oltin silsila: 1-juz : Sax,ix,ul Buxoriy - Toshkent: «Hilol-nashr», 2019. - 672 b.

M uham m ad alayhis-salomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va


insonga xos m a’naviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi so`zlari, pand-
nasihatlari uning nomi bilan bog`hq hadislarda mujassamlangan.
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg`ambar Muhammad alayhis-
salom arab bo`lmagan kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari
bilan adashtirib yuborishlaridan cho`chib, hadislarning yozib borilishiga
ruxsat etmaganlar. Biroq payg`ambar Muhammad alayhis-salom huzurida
sahobalar bo`lib, ular Rasuli akram dan eshitgan hadislarini yodlab
borganlar. Jum ladan, h azrati Abu H urayra ana shunday m o`tabar

kishilardan biri bo`lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hu-


rayra tomonidan qayd etilgan hadislar to`g`ri, ishonarli (sahih) hadislar
hisoblangan.
Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi
natijasida ularning asta-sekin unutihb ketishi borasidagi xavf yuzaga
keladi. Ana shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli
hadislarni to`plashga farmon berganlar. Hadislarni to`plash xususidagi
farmon xalifa Umar tomonidan berilgan.
Hadislarni yozib borish bilan mashg`ul bo`lgan ilk muhaddislar sifati­
da Rabee bin Sabeh, Said ibn Abi Aruba, Molik bin Anas, Abdumalik bin
Jurayj Makkiy, Abdurahmon al-Avzoiy Shoshiy, So`fyon Savriy Kufiy va
boshqalar dir.
VIII-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida «oltin davr» hisoblanadi.
Bu davrga kelib, Islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada
to`g`riligi, ularning qanday m anbalarga tayanilib to`planganligi jiddiy
tadqiq etila boshlandi. Chunki ba’zi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo
bo`la boshlagan, ulami tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda
qayd etish zamon talabi boiib qolgan edi. Shuning uchun ham birinchidan,
hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy, bilimdon, o`tkir mulohazali kishilar­
ning asta-sekin kamayib ketayotganligi ikkinchidan, hadislarning haqiqiy,
ishonarli, ya’ni sahihlarini saqlab qohsh maqsadida ular tekshirihb, asl
holiga keltirib, yozib yig`ila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi
rivojlangan.
Islom olamida oltita ishonchli to`plam (as-sahih as-sitta) eng nufuzli
manbalar sifatida e’tirof etilgan. Ushbu manbalaming mualliflari IX asrda
yashab ijod qilgan quyidagi m uhaddislar bo`lganlar: Abu Abdulloh
M uhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 194 (810) - 256 (870), Imom Mushm
ibn al-Hajjoj 206 (819) - 261 (874), Imom Iso M uhammad ibn Iso at-
Termiziy 209 (824) - 279(892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy
202 (817) - 275(880), Imom Ahmad an-Nasoiy (215 (830) - 303 (915) va
Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja 209 (824) - 273(886).
Muhaddislar tomonidan yaratilgan va ishonarli manbalar deya e’tirof
etilgan «Al-kutub as-sitta» («Olti kitob») quyidagilardan iborat:
1. Abu Abdulloh M uham m ad ibn Ismoil al-Buxoriy tom onidan
to`plangan «Al-jome’ as-sahih» asari.
2. Imom M uslim an-N ishopuriy (Imom M uslim ibn al-Hajjoj)
tomonidan to`plangan «As-sahih» asari.
3. Imom ibn Mojja tomonidan to`plangan «Sunan».
4. Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy tom onidan to`plangan
«Sunan» asari.
5. Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan to`plangan «Aj-
jam i al-kabir» asari.
6. Ahmad an-Nasoiy tomonidan to`plangan «Sunan».
M ovarounnahrda birinchi bo`lib hadis to`plagan muhaddis Imom
Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy sanaladi. Allomaning safdoshlari
sifatida Imom Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al-
Marvaziy, Imom al-Haysam ibn Qulayb ash-Shoshiy, Hofiz al-Xorazmiy,
Imom A bdulhasan Ahmad ibn M uham m ad as Sam arqandiy kabi vatandoshlarimizning nomlari ham mashhurdir.



Download 98.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling