O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti kurs ishi mavzu
Download 98.26 Kb.
|
At-Termiziy hayoti va ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo`ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab qo`yguvchidir”
- 1.2. Hadis ilmi ilmidagi oltin davri
Muallif muqaddimasidagi hadislar
1. Abdulloh ibn Mas’ud. Muttafaqun alayhi*. 2. Abu Hurayra. «Bir soat fikrlash...» Mavzu’* Abu Shayxning «Al-uzoma» kitobida (44) va Javziyning «Al-mavzu’otlar» kitobida (144/3). I BOB. IXLOS 2. Faqih (Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadi: Muhammad ibn Labid rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz sallallohu alayhi vasallam deydilar: “Sizlarning orangizga kirishidan eng xavfsiragan narsam kichik shirkdir”. “Kichik shirk nima, yo Rasulalloh?” deb so`rashdi. Aytdilar: “Riyodir. Alloh taolo bandalarini amallariga ko`ra jazolaydigan kunda ularga: “Dunyoda ular ko`rsin uchun amal qilganlaring kishilarga boringlar, qaranglar-chi, ularning oldida biror yaxshilik topasizlarmi?” deydi”. Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadiki: Shubhasiz, ularga shu gap aytiladi. Chunki ularning amallari dunyoda aldashlik bo`ldi, ularga oxiratda o`zlarining aldovi asosida muomala qilinadi. Alloh taolo aytganidek: “Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo`ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab qo`yguvchidir” (Niso, 142). Ya’ni aldanganliklari barobarida ularni jazolaydi, amallarining savobini botil qiladi va ularga Alloh aytadi: “Kim uchun amal qilgan bo`lsangizlar, o`shalarga boringlar va albatta, sizlarning amallaringiz uchun Mening huzurimda savob yo`qdir”.1 1.2. Hadis ilmi ilmidagi oltin davri Islom dini ta ’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to`plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, tu rli fan asoslarini mukammal o`rgangan, k a tta hayotiy tajribaga ega bo`lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda to`rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug`ullangan. M azkur bilimlarni o`rganishning o`ziga xos yo`nalishi bo`lib, «hadis ilmi» nomi bilan yuritilgan. Keyingi -yillarda Muhammad alayhis-salomning hayoti, faoliyati ham da uning diniy-axloqiy ko`rsatm alarini o`z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» («Ishonarli to`plam»), «Al-adab al-m ufi^d» («Adab durdonalari»), Im om Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning «Ash-shamoil an-nabaviya» asarlari n ash r etildi. ______________________ Oltin silsila: 1-juz : Sax,ix,ul Buxoriy - Toshkent: «Hilol-nashr», 2019. - 672 b. M uham m ad alayhis-salomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos m a’naviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi so`zlari, pand- nasihatlari uning nomi bilan bog`hq hadislarda mujassamlangan. Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg`ambar Muhammad alayhis- salom arab bo`lmagan kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho`chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq payg`ambar Muhammad alayhis-salom huzurida sahobalar bo`lib, ular Rasuli akram dan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jum ladan, h azrati Abu H urayra ana shunday m o`tabar kishilardan biri bo`lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hu- rayra tomonidan qayd etilgan hadislar to`g`ri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan. Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida ularning asta-sekin unutihb ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Ana shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli hadislarni to`plashga farmon berganlar. Hadislarni to`plash xususidagi farmon xalifa Umar tomonidan berilgan. Hadislarni yozib borish bilan mashg`ul bo`lgan ilk muhaddislar sifati da Rabee bin Sabeh, Said ibn Abi Aruba, Molik bin Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy, Abdurahmon al-Avzoiy Shoshiy, So`fyon Savriy Kufiy va boshqalar dir. VIII-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida «oltin davr» hisoblanadi. Bu davrga kelib, Islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada to`g`riligi, ularning qanday m anbalarga tayanilib to`planganligi jiddiy tadqiq etila boshlandi. Chunki ba’zi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo bo`la boshlagan, ulami tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd etish zamon talabi boiib qolgan edi. Shuning uchun ham birinchidan, hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy, bilimdon, o`tkir mulohazali kishilar ning asta-sekin kamayib ketayotganligi ikkinchidan, hadislarning haqiqiy, ishonarli, ya’ni sahihlarini saqlab qohsh maqsadida ular tekshirihb, asl holiga keltirib, yozib yig`ila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlangan. Islom olamida oltita ishonchli to`plam (as-sahih as-sitta) eng nufuzli manbalar sifatida e’tirof etilgan. Ushbu manbalaming mualliflari IX asrda yashab ijod qilgan quyidagi m uhaddislar bo`lganlar: Abu Abdulloh M uhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 194 (810) - 256 (870), Imom Mushm ibn al-Hajjoj 206 (819) - 261 (874), Imom Iso M uhammad ibn Iso at- Termiziy 209 (824) - 279(892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817) - 275(880), Imom Ahmad an-Nasoiy (215 (830) - 303 (915) va Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja 209 (824) - 273(886). Muhaddislar tomonidan yaratilgan va ishonarli manbalar deya e’tirof etilgan «Al-kutub as-sitta» («Olti kitob») quyidagilardan iborat: 1. Abu Abdulloh M uham m ad ibn Ismoil al-Buxoriy tom onidan to`plangan «Al-jome’ as-sahih» asari. 2. Imom M uslim an-N ishopuriy (Imom M uslim ibn al-Hajjoj) tomonidan to`plangan «As-sahih» asari. 3. Imom ibn Mojja tomonidan to`plangan «Sunan». 4. Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy tom onidan to`plangan «Sunan» asari. 5. Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan to`plangan «Aj- jam i al-kabir» asari. 6. Ahmad an-Nasoiy tomonidan to`plangan «Sunan». M ovarounnahrda birinchi bo`lib hadis to`plagan muhaddis Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy sanaladi. Allomaning safdoshlari sifatida Imom Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al- Marvaziy, Imom al-Haysam ibn Qulayb ash-Shoshiy, Hofiz al-Xorazmiy, Imom A bdulhasan Ahmad ibn M uham m ad as Sam arqandiy kabi vatandoshlarimizning nomlari ham mashhurdir. Download 98.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling