O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti kurs ishi mavzu


Download 98.26 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi98.26 Kb.
#1544309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
At-Termiziy hayoti va ijodi

I-bob. Hadis ilmining rivoji
1.1. Hadis va uning turlari
Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog`larida vahiy kelgandan boshlab to vafotlariga qadar aytgan so`zlari, bajargan fe’llari, biron sahoba qilgan ishni tasdiqlaganlari yoki indamasalar-da, iqror qilgan narsalari hadis yoki sunnat deyiladi. Payg`ambar (s.a.v.) davrlarida hadisni sahobiylar eshitiboq, yozmasdan unga amal qilar edilar. Chunki hadis Qur’on oyatlariga aralashib ketmasligi uchun Payg`ambar (s.a.v.) uni yozishni man’ qilar edilar. Ammo Qur’on mukammal shaklda nozil bo`lib, sahifalar holiga keltirib bo`lingach, odamlar hadisni yozishga ehtiyoj seza boshlashdi. Chunki Payg`ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin tobe’inlar davrida Islom dushmanlari tomonidan Islomning ichiga har xil fitnalar va shular qatorida Payg`ambar (s.a.v.) aytmagan yolg`on hadislarni kirgizish hollari ko`zga ko`rina boshladi. Tobe’inlar davrida u qadar ko`p hadis yozilmadi. Taba’ tobe’in va ulardan keyingi asrda yashagan olimlar hadisni chuqur o`rganib, uni darajalarga bo`lib, kitob shaklida yoza boshladilar. Buning barobarida hadis rivoyat qilishda asos bo`lgan jarh va ta’dil ilmi ham kelib chiqdi.
Hijratning IV asriga kelib hadis va hadisga taalluqli bilimlar mukammal va alohida- alohida ilm tusini oldi. Endi hadislar sanadi, roviyi va matniga qarab darajalarga bo`linadi. Hadis ilmi olimlari Rasulullohdan deb qilingan har bir hadisni darajasiga qarab
«mutavotir», «sahih» va boshqalarga bo`lib, har birining shartlarini va hukmlarini bayon qildilar.
Parvardigordan yordam so`rab, hadisdagi matn, sanad-isnod ma’nosini hadislar darajasiga ko`ra bildiramiz.
Matn – sanadning kalomga borib tugashi.
Sanad, isnod – roviylarni matn bilan bog`lovchi silsila.
Hadis darajalari:
1. Sahih – sanaddagi roviylar o`zidan oldingi roviydan bevosita olgan hadisdir. Bu o`rinda roviyning odili bo`lishligi, mukammal shaklda hadisni zabt qilganligi va hadisning sahihligiga ta’sir qiluvchi illat bo`lmasligi shart qilingan. Ahli hadisning ijmosi bilan unga amal qilish vojibdir.

2. Muttafaqun alayh – Imomi Buxoriy va Imom Muslim o`z «Sahih»larida biron hadisni zikr qilsalar va bu hadislar ma’noda va matnda bir xil bo`lsa, muttafaqun alayh, ya’ni, bu ikki muhaddis ittifoq bo`lishgan, deyiladi.


3. Hasan – bunda sahihda shart qilingan narsalar mavjud bo`lishligi zarur, lekin roviyning hadis zabti (hadisni yoddan bilishi yoki yozib olishi) biroz yengilroq bo`ladi.
4. G`arib – hadisning rivoyatida bir roviyning yakka haq, ba’zisida roviyning bir o`zi bo`lmog`i.
5. Zaif – o`zida «hasan»ning sifatlarini jamlamagan, uning shartlaridan biror shartni yo`qotgan hadis. Fazilatli amal zikr etilgan bo`lsa, zaif hadisga amal qilish mustahabdir.
6. Mursal zaif hadisning bir turi, isnodining oxirida tobe’inning o`zi (sahobani zikr qilmay) «Rasululloh shunday qilgan edilar», deydi. Buning hukmi ixtilofli.
7. Mu’zal – zaif hadisning bir turi, isnodidan ikki yoki undan ortiq roviyning tushib qolishi. U mursal va munqoti’dan ham yomon holatdir.
8. Munqoti’ – uzilishi qanday sababdan bo`lmasin, isnodi ulanmagan hadis. Isnodining uzilishi boshdami, o`rtasidami yoki oxiridami – buning farqi yo`q. Munqoti’ning hukmi ham zaif hadis kabidir.
9. Mudallas – isnodidagi biron aybni yashirib, uning zohirini chiroyli ko`rsatishga urinilgan hadis, uning hukmi zaif hadis hukmidadir.
10. Mavzu’ – Payg`ambarga (s.a.v.) nisbat berilgan, lekin aslida to`qib chiqarilgan yolg`on hadis. Ulamolarning ijmosiga ko`ra, uni rivoyat qilish halol emas.
11. Matruk – isnodida yolg`onchi deb gumon qilingan roviyi bor hadis. Hukmi olinmaydi.
12. Munkar – isnodida zaif roviy bo`lib ishonchli deb bilingan roviyning hadisiga zid kelgan hadis.
13. Marfu’ – Payg`ambarga (s.a.v.) biror so`z, fe’l, taqrir yoki sifatni izofa qilish.

14. Mavquf – sahobaga biror so`z, fe’l, taqrirni izofa etish. Masalan: «Ali ibn Abu Tolib shunday dedi», deyish.



Download 98.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling