O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1matematikaoqitishmetodikasipdf
1. Mustaqil ish darslari.
Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituv-chining mustaqil ravishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga qaratilmog‘i kerak. O‘quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o‘qituvchiga yangi mavzuni o‘quvchilar qanday o‘zlash-tirganligi, o‘quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi. Uyga vazifa. Uy vavzifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. Misol tarzida. 1-sinf o‘quvchilarini yangi material bilan tanishtirish darsini ko‘rib chiqamiz. Darsning mavzusi. 4 ni qo‘shish va ayirish. Darsning maqsadi. Birliklar guruhi bilan, ya’ni 4 ni ayirish va qo‘shish amallari bilan birinchi bor tanishtirish, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash. Ko‘rgazmali qurol: hisoblash uchun didaktik materiallar, hisob cho‘plari, kvadratchalar. Dars rejasi: 1) uy vazifasini tekshirish va o‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash, uchni birliklarga bo‘lib qo‘shish va ayirishni takrorlash; 2) mavzuni e’lon qilish va darsning maqsadi; 3) yangi mavzuni bayon qilish: o‘quvchilar bilan predmetlar to‘plami ustida 4 ni qo‘shish va ayirishga qaratilgan misol va masalalarni o‘qituvchi rahbarligida yechish. O‘quvchilarni qanday qilib 4 ni qo‘shish mumkin va qanday qilib 4 ni ayirish mumkin degan umumlashtiruvchi xulosaga olib kelish; 4) yangi materialni mustahkamlash: chiqarilgan xulosalarni mustaqil ravishda misol va masalalar yechishda qo‘llash. O‘quvchilarning o‘zlariga misol va masalalar tuzdirish. 5) uyga vazifa berish; 6) darsni xulosalash. 2. Har xil mashqlarni qo‘llash yordamida yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi. Yuqorida aytganimizdek har bir darsda o‘quvchilar olg‘a qarab siljiydilar, lekin darslar orasida shundayi ham borki, bunday darsning asosiy qismi oldindan olgan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi. 30 Darslar tizimida mustahkamlash darsning har xil bosqichlarida va har xil darajalarida o‘tkaziladi. Agar darsning oldiga ko‘nikma ishlab chiqish va birinchi malakalarni hosil qilishdek didaktik maqsad qo‘yilgan bo‘lsa, uning natijasida malakalar hosil qilinadi. Bu esa darsning tizimida, mazmunida va uning ustida ishlash metodlarida aks ettirilishi lozim. Mustahkamlash va olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun darsning tizimi har xil bo‘lishi mumkin. Bunday darsning tug‘ilishiga quyidagilar kiradi: uy vazifasini tekshirish, mavzuni va darsning maqsadini e’lon qilish, og‘zaki hisoblash, ifodalarning qiymatlarini hisoblash va masalalar yechish, mashqlari natijasini mustaqil tekshirish va materialni mustaqil umumlashtirish, o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda ifodalar va masalalar tuzishi, o‘lchashi va grafik ishlarini bajarishi va h.k. Bunday darsga 3-sinfdan misol keltiramiz. Dars mavzusi. 1000 soni ichida yozma ayirish. Darsning maqsadi. Yozma ayirish amallarini mustahkamlash. Darsning rejasi. 1) uy vazifasini tekshirish; o‘quvchilar sinf doskasida yozilgan uy vazifasining javobi bilan daftarda ishlangan javobni solishtiradilar; 2) og‘zaki hisoblash; 3) o‘qituvchining bevosita rahbarligida 960–156, 741–237 va boshqa misollarni yozma ravishda yechadilar; 4) ayirishga doir misollar va masalalarni o‘quvchilar mustaqil yechadilar; 5) mustaqil ishlarni tekshirish; 6) uyga vazifa berish; 7) darsni yakunlash. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling