O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/83
Sana08.01.2022
Hajmi1.69 Mb.
#254490
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
1matematikaoqitishmetodikasipdf

3. O‘tilgan materialni takrorlash darsi.  
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan har  bir darsda  qandaydir darajada o‘tilgan materiallar 
takrorlanadi  va  mustahkamlanadi.  Тakrorlash  vazifasi  faqatgina  bilim,  ko‘nik-ma  va  malakalarni  
mustahkamlash  bilangina    chegaralanmay,  balki  bu  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni    to‘ldirish, 
chuqurlashtirish va bir tizimga  keltirishni ham o‘z ichiga olishi kerak. 
 Тakrorlash o‘qitishning har xil bosqichlarida olib boriladi: o‘quv yili boshidagi takrorlash darsi, 
kundalik  takrorlash,  mavzu  yuzasidan  umumlashtiruvchi  takrorlash  darsi  va  yakuniy  takrorlash 
darslarini bir-biridan farq qilish kerak. 
 Barcha sinflarda taxminan birinchi  ikki hafta davomida o‘quvchilar  olgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarni    tiklash  maqsadida  takrorlash  o‘tkaziladi.  Mavzu  bo‘yicha  umumlashtiruvchi  va 
yakunlovchi takrorlash darslari o‘quvchilar  olgan bilimlarni mustahkamlash va maqsadini amalga 
oshiradi.  Umumlashtiruvchi  va  tizimlashtiruvchi  takrorlash  darsning  tizimiga  har  xil  mashqlar, 
savol-javoblar, suhbatlar kiradi, ular bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish maqsadini  amalga  
oshiradi. 
Umumlashtiruvchi  takrorlash darsining tizimi quyidagicha  bo‘lishi mumkin:  
1.  Uy vazifasini tekshirish. 
2. Doskada yozilgan  takrorlash rejasi bilan o‘quvchilarni    tanishtirish. 
3. O‘tilgan materialni og‘zaki hisoblash yordamida  takrorlash. 
4.  Har  xil  vazifalarni    bajarish  yordamida  takrorlash:  misol  va  masalalarni  yechish,  oldin 
yechilgan misol va maslalarni qarash va oldingi va keyinga misol va masalalarni  yechish usullarini  
taqqoslash, darslikdan matn o‘qish, o‘lchash, grafik va sxemalar chizish, qoida va xulosalarni qayta 
esga  olish      va    ularga    taalluqli  misol  va  masalalar  tuzish  va  h.k.  Darsda  takrorlangan  mavzu 
materiali  bo‘yicha umumlashtirish beriladi. 
5. Uyga vazifa. 
4.  Keyingi  ishlardagi  xatolarning    oldini  olish  maqsadida  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
tekshirish darsi. 
O‘quvchilarning  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarini  tekshirishga    alohida  dars  bag‘ishlanadi. 
Bunday darsga mavzu va  bo‘limni tugatgandan keyin o‘tkaziladigan yozma nazorat ishi darsi  misol 
bo‘ladi.  Masalan:  
1)  darsning  maqsadini  e’lon  qilish,  nazorat  ishning  mazmuni  bilan  tanishtirish,  uni  bajarish 
tartibi haqida qisqacha tushuncha  berish; 
2) nazorat ishini o‘quvchilarning har biri mustaqil ravishda bajarishi; 
3) o‘quvchilar  ishini yig‘ish. 


31 
 
O‘qituvchi dars tugashiga 3–5 minut qolganda  o‘quvchilarni   ishni tugatish zarurligi  haqida 
ogohlantiradi,  ya’ni    ular  hamma  yozuvlarni  va  hamma  vazifalarni  tekshirishni  erkin  bajarib 
ulgursin. Qo‘yilgan aniq vaqtda barcha o‘quvchilar  vazifalarni topshirishlari zarur. 
O‘quvchilar  vazifalarni tekshirib bo‘lgandan keyin, ikkinchi kun o‘qituvchi  nazorat ishining 
tahlilini o‘tkazadi.  U  ishning  natijasi haqida so‘zlab beradi, yaxshi bajarilgan ishlarni ajratadi, yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni aytib o‘tadi. 
Yuqorida ko‘rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan 
ba’zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni  matematika  darsi o‘quvchilarning amaliy ishlariga ham 
qaratilishi  mumkin:  o‘lchashga  doir,  geometrik  figura  chizish,  predmetlarni  tortish,  o‘qituvchi 
tomonidan  ko‘rsatmalar  (instrukturlashni)  kiritish, o‘quvchilarni  raqobatli  ishlarini  tashkil  qilish, 
bajarilgan ishlarni o‘qituvchi  qabul qilish va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin. 
Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o‘quvchilar faqatgina darslik va daftar 
ustida  ishlash  bilan    shug‘ullanmay,  balki  o‘lchash,  chizish  va  boshqa  qurollar  bilan  ishlashga 
o‘rganadilar.        
Bunday amaliy  ishga bog‘liq  bo‘lgan darslar quyidagi bo‘limlarni o‘z  ichiga olishi  mumkin: 
o‘lchash  vaqtida qo‘llaniladigan asbob  va qurollarni ko‘rsatish, uning tuzilishini qisqacha  bayon 
qilish;  uni  qo‘llash  qoidasini  aytib  berish;  kesma,  og‘irlik  va  boshqalarni  o‘lchash  usullarini  
tasavvur qilish asosida o‘quvchilarga alohida  o‘lchatish; amaliy  xarakteridagi mustaqil ishlar, bu 
ishni  tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish, xulosa. 
Amaliy  ish  darslariga  taalluqli  ishni  har  bir  o‘quvchi  bajarishinii  nazorat  qilib  borish  kerak. 
Ba’zan  ishni  bajarishda  o‘quvchilar  guruhlarga  bo‘linadi.  Bunday  holda    har  guruhning  oldiga  
vazifani shunday qo‘yish kerakki,  har bir guruh a’zosi faol ishtirok etish. 
5. O‘quvchilarning alohida va guruhli ishlari.  
Guruhli mashg‘ulotlar butun guruh bilimidagi kamchiliklar bir xil   bo‘lgandagina o‘tkaziladi. 
Individual  ishlarni  tashkil  qilishdan  maqsad  o‘quvchilarning  o‘zlashtirgan  bilimlaridagi 
kamchiliklarni  bartaraf qilish uchun kurash, o‘quvchilarnig o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini 
olish  va  uni  bartaraf  qilishdan  iborat.  Guruhli  mashg‘ulotlari  butun  sinf  o‘quvchilari  bilimidagi 
kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Bazan bunday mashg‘ulotlar individual xaraktyerda 
bo‘lishi mumkin. Bunday  mashg‘ulotlarning tafsiloti  muvoffaqiyatni erishmoq uchun u yoki bu 
o‘quvchining o‘zlash-tirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l qo‘yadigan xatolarni aniq hisobga 
olish kerak... bu o‘quvchi qaysi  bosqichda  «xatoga  yo‘l  », nimani  yetarlicha o‘zlashtirmaganini 
aniqlashga yordam beradi deb xulosalanadi. 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti  
 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20. 
 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling