O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/83
Sana08.01.2022
Hajmi1.69 Mb.
#254490
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
1matematikaoqitishmetodikasipdf

Matematik tanlovlar. 
Tanlovlar  har  xil  qiyinlikdagi  masalalarni  yechish,  qiziqarli  fikrlaydigan  masalalar  va 
topshiriqlarni  bajarishdagi  musobaqalar  bo‘lib  hisoblanadi.  Asosan  o‘quvchilarning  xohishi 
bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. 
Konkurslar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir.  
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).  
№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq to‘qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq to‘qish uchun necha 
o‘ram ip kerak?   
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, 
Salimda 5 ta konfet qoldi, ular  qanchadan eyishgan?  
 Matematik olimpiadalar 
Olimpiadalar  tanlovlarga    qaraganda  keng  masshtabda  o‘tkaziladigan  va  matematika 
o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.  
Olimpiada  qatnashchilarining    tarkibiga  bog‘liq  holda  maktab  ichida,  tuman  va  shaharlarda 
o‘tkazish  mumkin.  Olimpiadani  3  -  sinfdan  boshlab  o‘tkazib,  g‘oliblar  maktabning  devoriy 
gazetalarida va  o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi. 
Matematik gazeta va viktorinalar  
Gazeta,  viktorinada  har  xildagi  matematik  mazmunni  o‘z  ichga  olgan  topishmoq,  misol  va 
topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish xarakterida bo‘ladi. 
 Viktorinada  esa  o‘quvchilarga  yechish  tavsiya  qilinadigan  topshiriq  beriladi.  Javoblar 
belgilangan vaqtda o‘quvchilarga yetkaziladi.  


35 
 
Matematik  konkurslar  va  viktorinalar.  Konkrus  mavzusi  va  uni  o‘tkazish  vaqti  oldindan 
belgilanadi. 
 Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash 
2. Mantiqiy masala va mashqlarni, 
3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar, 
4. Hisoblashlari murakkab   bo‘lgan masalarni 
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini 
yoritishga oid topshiriqlar. 
 Matematik  viktorinalar  –  gazetalardan  farqli  ravishda  faqat    o‘quvchilarga  yechish  uchun 
berilgan  masalalar  va  savollardan  iborat  bo‘ladi.  Javoblar  yozma  ravishda  ma’lum  vaqt  ichida  
o‘qituvchi tomonidan g‘olib  o‘quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi. 
Matematik  devoriy  gazeta,  viktorinalar,  odatda  matematik  burchak  deb  ataluvchi  joyga  osib 
qo‘yiladi, bu  burchakda Vatanimiz  yutuqlarini  ifodalovchi  sonli  ma’lumotlar ham  berib  boriladi. 
“Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:     
1. Odamning  bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin. 
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l  9302 km ni tashkil etadi. 
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil 
qilishni  o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin. 
Matematik ekskursiyalarning maqsadi – konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish.  
Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli   bo‘lishi nihoyatda muhimdir, 
shunday      bo‘lganda  bolalar  oldindan  nima  qilishlari  kerakligini  va  o‘zlarini  qanday  tutishlari 
kerakligini bilib oladilar. 
Maktabning  joylashgan  o‘rniga  qarab  bolalar  bilan  har  xil  ustaxonalarga,  fabrikalarga, 
kombinatlarga,  fermalarga,  jamoa  xo‘jaligi  va  davlat  xo‘jaligi  va  boshqa  joylarga  ekskursiyalar 
o‘tkaziladi. 
Qurilish  materialidan  foydalanish,  mashinalardan,  ishchi  kuchlaridan  va  boshqa  narsalardan 
foydalanish  haqida  masalalar  tuzish  va  yechish  mumkin.  Shunday  masalalardan  ba’zilarini 
keltiramiz: 
1.  Bir  soatda  ekskavator  4  m  uzunlikda  poydevor  chuqurligini  kavlaydi.  Shunday  ish  unumi 
bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o‘ra) kovlaydi? 
2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi 
va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi   bo‘lib qancha odam band? 
Ekskursiyadan  olib  kelingan  qurilish  materiallaridan  mehnat  darslari  uchun  stendlar 
tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin. 
Nazorat savollari: 
1. Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o‘tkazish metodlariga qo‘yladigan asosiy talablar 
nimalardan iborat? 
2. Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig‘i deganda nimalarni tushunasiz? 
3. Sinfdan tashqari  ishlarning tashkil qilish  xususiyatlari  va ularning turlari  haqida  nimalarni 
bilasiz?  
4. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot tayyorlang. 
 
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QITISH VOSITALARI  
 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling