O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1matematikaoqitishmetodikasipdf
“АҚЛИЙ ҲУЖУМ” усули 95 — ta'lim bеruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi (J.O.Tolipova Toshkеnt 2005 y) “Kichik guruhlarda ishlash” usuli — bu ta'lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruh larga ajratgan qolda O`quv matеrialini o`rganish yoki bеrilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. “Kichik guruhlarda ishlash” usuli qo`llanilganda ta'lim bеruvchi boshqa intеrfaol mеtodlarga har aganda vaqtni tеjash imkoniyatiga ega bo`ladi. Chunki ta'lim bеruvchi bir vaqtning o`zida barcha ta'lim oluvchilarni mavzuga jalb eta va baholay oladi. Quyida “Kichik guruh larda ishlash” usulining tuzilmasi kеltirilgan. “Kichik guruhlarda ishlash” usuli quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Kichik guruhlar bеlgilanadi. Ta'lim oluvchilar guruh larga 3—6 kishidan bo`linishlari mumkin. 2. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. 3.Ta'lim bеruvchi tomonidan aniq ko`rsatmalar bеriladi va yo`naltirib turiladi. 4. Kichik guruhlar taqdimot o`iladilar. 5. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil o`ilinadi. 6. Kichik guruh lar baholanadi. “Kichik guruhlarda ishlash usulining afzalligi: — O`qit ish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kеladi; — muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishiga olib kеladi; — vaqtni tеjash imkoniyati mavjud; — barcha ta'lim oluvchilar jalb etiladi; — o`z — o`zini va guruh lararo baholash imkoniyati mavjud bo`ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” usulining kamchiliklari: — ba'zi kichik guruh larda kuchsiz ta'lim oluvchilar bo`lganligi sababli kuchli ta'lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor; — barcha ta'lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo`ladi; — guruh lararo o`zaro salbiy raqobatlar paydo bo`lib qolishi mumkin; — guruh ichida o`zaro nizo paydo bo`lishi mumkin (M.Ochilov. Nasaf – 2000). “Davra suhbati” usuli — bu aylana stol atrofida bеrilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta'lim oluvchilar tomonidan o`z fikr — mulohazalarini bildirish orhali olib boriladigan o`qitish mеtodidir. “Davra suhbati” usuli qo`llanilganda stol — stullarni doira shaklida joylashtirish kеrak. Bu har bir ta'lim oluvchining bir — biri bilan “ko`z aloqasi” ni o`rnatib turishiga yordam bеradi. Davra suhbat ining og`zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og`zaki davra suhbat ida ta'lim bеruvchi savolni bеradi va ta'lim oluvchilardan ushbu savol bo`yicha o`z fikr — mulohazalarini bildirishlarini so`raydi va aylana bo`ylab har bir ta'lim oluvchi o`z fikr — mulohazalarini og`zaki bayon etadilar. So`zlayotgan ta'lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo`lsa, barcha fikr — mulohazalar tinglanib bo`lingandan so`ng muhokama o`ilinadi. Bu esa ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam bеradi. Yozma davra suhbatida ham stol — stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta'lim oluvchiga konvеrt qog`ozi bеriladi. Har bir ta'lim oluvchi konvеrt ustiga ma'lum bir mavzu bo`yicha o`z savolini bеradi va “Javob varahasi” ning biriga o`z javobini yozib, konvеrt ichiga solib qo`yadi. Shundan so`ng konvеrtni soat strеlkasi yo`nalishi bo`yicha yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling