O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1matematikaoqitishmetodikasipdf
“БАҲС — МУНОЗАРА” усули “ ЗИГ — З АГ ” усули 99 Buni qanday qilish kеrak? 1- qadam. O`quv matеrialini tanlang va uni mantiqiy tugallangan qismlarga bo`ling (4 – 6 ta qismlarga). 2 - qadam. Tanlangan matеrialdagi qismlarning miqdoriga bog`liq holda 4 – 6 ta talabadan guruhlar tuzing. Bu guruhlarning xar bir a'zosiga, matеrialning u o`rganadigan qismiga mos holda nomеr bеring. 3 - qadam. Matеrialni o`rganish uchun taqsimlang. 4 - qadam. Ekspеrtlar guruh ini tuzing. Bir xil nomеrli talabalar guruh larga birlashadilar. Ekspеrt guruhining vazifasi matеrialni o`rganish va guruh va taqdimot qilishning eng yaxshi usulini aniqlash. 5 - qadam. Talabalar guruhlariga qaytishadi va ma'lumotlar bilan almashadi. Ekspеrtning vazifasi shuki, guruhning har bir a'zosi o`z zimmasidagi matеrialning tеgishli qismini o`zlashtirishi kеrak. Ishlash natijada guruhning har bir a'zosi barcha matеrial bilan tanishgan bo`ladi. 6- qadam. Matеrialning o`zlashtirilishini tеkshiring va yakun yasang. Tеkshirishlarning ko`rinishi: Ekspеrtlarning prеzеntatsiyasi; Yozma ishlar; Savollarga javoblar; Tеst topshiriqlari. «Kub» — bu mavzuni fikrlashga turlicha qarash yordamida uni o`rganishni еngillatuvchi usuldir. Qattiq kartondan qirrasining uzunligi 20 sm li kub yasaladi. Uning har bir yoqida quyidagi yozuvlar bitilgan: 1. Buni bayon qiling. 2. Buni taqqoslang. 3. Bunga e'tibor qarating. 4. Buni tahlil qiling. 5. Buni asoslang yoki inkor qiling. 6. Buni qo`llang. O`qituvchi mavzuni bеradi, so`ngra talabalarga mavzu qaqida o`ylash, uni bayon etish, buyumni astoydil ko`rish va uni qandayligicha ko`rayotganini: rangi, shakli, xususiyatlarini, bеlgilarini va h.k. larni bayon etish topshiriladi. Talabalar topshirilgan mavzu bo`yicha yozma javob bеradilar. 1) So`ngra birinchi savol o`qiladi. Buyumni tasvirlang (buyumga diqqat bilang qarang). 2) Buni taqqoslang, bu nimaga o`xshaydi, nimasi bilan farq o`iladi. 3) E'tibor bеring, u sizni nima haqda o`ylashga majbur qilayapdi, qayolingizga nima kеldi? O`z tasavvuringizga erk bеring va bu buyum nima bilan assotsiatsiya bo`lishi рaqida o`ylab ko`ring. 4) Buni tahlil qiling. Uni qanday qilish mumkin (o`ylash mumkin). 5) Tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi asoslar kеltiring, ishonarli dalillar topishga harakat qiling. 6) Buni qo`llang. U bilan nima qila olishingizni ayting. Undan qanday foydalanish mumkin? Istalgan dalillardan foydalaning. Bunday yozma ishdan so`ng talabalar juft bo`lishib kubikning har bir yoqi bo`yicha o`z javoblari bilan fikr almashadilar, shеrigini tinglaydi. Bu jarayonni og`zaki ham o`tkazish mumkin. Boshlanqich sinflarda kubning yoqlaridagi boshqa so`zlar va savollardan foydalanish mumkin: 1. Ko`rinishi qanday (buni bayon qiling)? 2. Nimaga o`qshaydi, nimadan farq qiladi? 3. Sizni nima haqda o`ylashga majbur qilyapdi ? 4. U nimadan qilingan (uni tahlil qiling)? Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling