O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1matematikaoqitishmetodikasipdf
Bilimlarni nazorat qilish turlari
Bilimlarni nazorat qilishning quyidagi turlari mavjud: 37 1) Joriy ( kundalik) nazorat. 2) Oraliq ( tematik) nazorat . 3) Yakuniy ( davriy ) nazorat. Joriy nazorat qilishda bilimlarni har bir sinf uchun mo‘ljallangan darslik va dastur bo‘yicha olib boriladi. Har bir darsda o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish sifatini aniqlaydi va har bir darsda daftardagi uy vazifasini, o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganini tekshiradi va baholaydi. Joriy nazoratning asosiy metodi uy vazifasini tekshirish va ular bilan savol-javob o‘tkazishdir. O‘qituvchi darsda nimani va kimdan so‘rashligini rejalashtirib kelishi zarur. O‘qituvchi har bir darsda ilgari o‘tilgan materialdan foydalanadi, chunki har bir yangi tushuncha ilgari o‘rganilgan bilimlar asosida tushuntiriladi. Joriy nazorat o‘tilgan materialni qayta eslashga imkon beradi, yangi material bilan ilgari o‘rganilgan material o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni vujudga keltiradi. O‘qituvchi har bir darsni rejalashtirayotganda joriy nazoratning quyidagi uch xil ko‘rinishini e’tiborga olishi kerak: a) o‘tgan darsning materialini so‘rash ; b) ilgari o‘tilgan bo‘lib, hozir o‘tiladigan darsga bevosita bog‘liq bo‘lgan materialni so‘rash; v) darsda tushuntirilgan materialni mustahkamlash maqsadida so‘rash. O‘qituvchi darsga tayyorlanganda har uchchala tur nazorat uchun ham savollar majmuasini tuzib kelishi zarur. 2) Oraliq (tematik nazorat). O‘quv dasturidagi asosiy tushunchalar darslar tizimi orqali o‘tib bo‘lgandan keyin, yoki darslikdagi biror bob tugagandan keyin oraliq nazorat o‘tkaziladi. Oraliq nazorat uchun maxsus uquv, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish darsi o‘tkaziladi, u o‘qituvchining ish rejasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Har bir bobda o‘zlashtirilgan tushunchalar keyingi o‘quv ishini muvaffaqiyatli olib borish uchun zarurdir. Shu sababdan oraliq nazorat darsini o‘tkazishga oldingi bobdagi asosiy tushunchalarni takrorlash, kamchiliklarni to‘g‘rilash zarurati tug‘iladi. So‘rash rejasiga o‘qituvchi savollar majmuasini tuzadi, misol, masalalarni yechishni aniqlaydi. Natijada oldingi o‘tilgan o‘quv materialining qaysi savollarini yaxshi, qaysi savollarini yomon o‘zlashtirilganligi aniqlanadi. Yomon o‘zlashtirilgan savollarga aniqlik kiritiladi, qayta takrorlanadi. O‘quvchilar bilimiga yarasha baholanadi. Masalan, 2-sinfda «20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish» bobidan keyin oraliq nazorat o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat Bu nazorat chorak, yarim yil, yil oxirilarida o‘tkazilib, unga ham maxsus «O‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish» darsi ajratiladi. Shu vaqt davomida olgan bilimlar yuzasidan savollar tuziladi, yozma ish o‘tkaziladi va baholanadi. Yakuniy nazoratda olgan ballarini to‘plash va uni baholashda o‘qituvchi maxsus daftarida quyidagicha qaydnoma yuritsa yaxshi bo‘ladi. Ismi va familiyasiuy vazifasi Doskadagi javobi Partadagi javobi daftar ahvoli Mustaqil ishumumiy baho 1. Alimov U 455555 2. Akbarov K 333323 Baholash va baho me’yorlari O‘quvchilarning bilimi va malakalaridagi asosiy kamchiliklarining hisobga olib borilishi o‘qituvchiga o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bilishga va o‘quvchilarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashga katta yordam beradi. O‘quvchilar bilimi, malakasi, ko‘nikmasini tekshirish har doim baholash bilan olib boriladi. O‘qituvchi qo‘ygan baho o‘quvchilar o‘z-o‘ziga beradigan baho bilan bir xil bo‘lgandagina eng ko‘p samara beradi. O‘quvchilarning bilimini tizimli baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini xarakterlash o‘qituvchiga sinfdagi mavjud o‘zlashtirish vaziyatini aniqlashga olib keladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini xarakterlash uchun baho ham zarurdir. Chunki, o‘quvchi qancha ko‘p baholansa, shunchalik ko‘p tayyorlanishga, uy vazifasini bajarishga intiladi, doimo dars uchun sergak bo‘lib turadi. Hozirgi paytda baho normalari 100 ballik bo‘lib, uni 5 ballikka aylantirish orqali amalga oshirilmoqda. 38 «2» baho «55» ballgacha. «3» baho «55-70» ball. «4» baho «71-85» ball. «5» baho «86-100» ballar orasida qo‘yiladi. Nazorat savollari: 1.O‘qitish vositalari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2.Darsliklar bilan ishlash qanday yo‘nalishlarda olib boriladi? 3.Ko‘rsatmalilikdan foydalanishning ahamiyati va maqsadlari nimalardan iborat? OZ KOMPLEKТLI MAKТABDA MAТEMAТIKADAN BOShLANG‘ICh ТA’LIMNI ТAShKIL EТISHNING XUSUSIYAТLARI 1. Oz komplektli maktablar haqida Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo‘lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam bo‘lgan 7 yoshli bolalar bo‘lganda oz komplektli maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki, unda bir o‘qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o‘quvchi bo‘lishi mumkin. Bir o‘qituvchi hamma (I–IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi. Ikkita o‘qituvchi, uchta (ba’zan to‘rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2 - sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o‘qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir komplektga birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi. Oz komplektli maktablarda ishlash o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to‘siqlar bilan bog‘liq: 1. O‘qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o‘tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo‘yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashdagiga qaraganda ko‘p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo‘lmay, balki bularni o‘zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasi o‘qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi. 2. O‘quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin. 3. O‘qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug‘ullanishga, darsning qolgan vaqtida o‘quvchilar mustaqil ishlashiga to‘g‘ri keladi. 4. O‘quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o‘qituvchidan yordam olish niyatidan mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o‘qituvchi boshqa sinf bilan band bo‘ladi. 5. Bir sinf o‘quvchilari, ayni vaqtda o‘qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o‘quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak. Shunga qaramay oz komplektli maktab o‘quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud. 1.Sinf o‘quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2–3 ta o‘quvchi). Bu o‘qituvchiga tez-tez so‘rab turish, o‘quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi. 2.. Oz komplektli maktablarda o‘quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar orqali o‘quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi. 3.Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko‘ra o‘quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Buning o‘quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklarni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi. 4. Yuqori sinf o‘quvchilari quyi sinf o‘quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga bo‘lishadi. Mustaqil ishni to‘g‘ri tashkil etishda o‘quv topshiriqlarining mufassal ishlanmalarini eslatmalar yordamida beradi. 39 Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o‘qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo‘ladi. Masalan, “Sen ham shunday qil” o‘yini. Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz o‘quvchilarning materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaffaqiyatlaridan quvonishlariga imkon yaratadi. Nazorat uchun savollar: 1. Oz komplektli qishloq maktabida o‘quv ishini tashkil etishning xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Oz komplektli maktabda dars o‘tishning taxminiy sxemasini tuzing. 3.Mustaqil ishni yo‘lga qo‘yish xususiyatlarini nimalardan iborat. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling