O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika)


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

13.6. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika) 
O‘quvchining tarbiya ko‘rganligini aniqlash (diagnostika) — bu 
o‘qituvchi tomonidan shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshiri-
ladigan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik 
darajasini belgilovchi jarayondir. Uning natijalarini tahlil qilish asosida 
tarbiyalash texnologiyasi asosiy unsurlarining yo‘naltirilganligi va maz-
munini aniqlashtirish yoki tuzatish amalga oshiriladi. 
Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diag-
nostika) muammosi pedagogik aniqlashning (diagnostika) yangi yo‘na-
lishlaridan biri sifatida pedagog olimlarimiz tomonidan nazariy jihatdan 
ishlab chiqiladigan tadqiqot bosqichi hisoblanadi. Tarbiya ko‘rganlikni 
aniqlash, pedagogik ilmiy adabiyotlarda mukammal darajada o‘z aksini 
topmagan, bu esa uning tarbiyaviy texnologiyalarda ilmiy asoslangan 
holda amalga oshirilishini murakkablashtiradi. Bir vaqtning o‘zida ota-
onalar kabi o‘qituvchilar va turli toifadagi tarbiyachilar ham, har doim 
uning natijalariga etarlicha subyektiv baho berolmaydilar. Buning 
natijasida aynan bir xil xarakterdagi o‘quvchilarning tarbiya ko‘rganlik 


256 
darajasi har xil o‘qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan turlicha baholan-
moqda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy holatlarga tayan-
masdan turib, ushbu kamchilikni hal etib bo‘lmaydi. 
Eng avvalo, “tarbiya ko‘rganlik” tushunchasining mohiyatini anglab 
yetish zarur. Afsuski, hech bir lug‘atda ushbu daraja bevosita muammo 
sifatida qo‘yilib ilmiy ta’rif berilmagan. Shu bilan bir vaqtda bir qator 
pedagogik tadqiqotlarda, shaxsni o‘rab turgan ijtimoiy, biologik va 
geografik muhit, kishilar bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan 
eng olijanob shaxsiy xususiyatlar tarbiya ko‘rganlikni belgilab berishi 
ta’kidlanadi. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash asosida shaxslararo munosa-
batlar tizimida amalga oshiriladigan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari 
va sifatlarining shakllanganlik (rivojlanganlik) darajasini ham o‘rga-
nishga imkoniyat yaratiladi. 
Tarbiya ko‘rganlik darajasini aniqlash jarayonining asosiy xusu-
siyatlari pedagogika va psixologiyada, shuningdek, boshqa fanlarda ish-
lab chiqiladigan maxsus metodlar tizimini qo‘llash natijasida belgilanadi. 
Ya.S.Turbovskiy, N.V.Kuzmina, I.P.Rachenko, V.P.Simonov, A.V.Xris-
teva kabi pedagog olimlar ularni uch guruhga birlashtiradilar: ommaviy, 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling