22. Yosh o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida qanday psixologik
to‘siqqa duch keladi?
a.
Do‘stlik va chiqishib hamjihat bo‘lib ishlashga ojizlik, o‘quvchilar
oldida o‘z hayajonini yenga olmaslik.
b.
Yolg‘on xushomad qilish, kasbga bo‘lgan salbiy munosabatni yen-
ga olmaslik, o‘ziga ishonchsizlik.
c.
Ijtimoiy munosabatdan va sinfdan qo‘rqish, o‘quvchi va o‘qituvchi
o‘rtasida oraliqning hosil bo‘lishi.
d.
O‘quvchilarni mensimaslik tufayli sodir bo‘ladigan o‘zaro hurmat-
sizlik, buyruq, noo‘rin ayblash.
23. O‘qituvchi pedagogik muloqoti har xil ko‘rinishda namoyon
bo‘ladi, bu... ?
a. Kommunikativ, interaktiv, perseptiv.
b. Psixologik, agressiv, xushmuomalalilik.
c. Pedagogik mahorat, muosharat, kommunikativ.
d. Ishontirish, ongga ta’sir etish, taqlid qilish.
400
24. O‘qituvchining o‘zaro fikr almashishi bilan bog‘liq xususi-
yatlarini belgilang?
a. Empatiya hamda perseptiv xususiyatlar.
b. Mimika va pantomimika.
c. Kommunikativ hamda konstruktiv.
d. Ishontirish va ta’sir etish.
25. Nutq necha turga bo‘linadi?
a. 1 ta: muloqot nutqi.
b. 2 ta: og‘zaki, yozma.
c. 3 ta: og‘zaki, yozma, tashqi.
d. 4 ta: impressiv, ekspressiv, og‘zaki, yozma.
401
O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi va kamchiliklarini bartaraf etishi
uchun psixologik testlar.
O‘qituvchining ta’lim muassasasidagi pedagogik faoliyatida va
atrofini o‘rab turgan insonlar – do‘stlari, hamkasblari, o‘quvchilari
bilan o‘zaro suhbatida muloqot qilish jarayoni muhim ahamiyatga ega.
Zero, aql–idrok va chuqur mulohaza, tafakkur va vazminlik bilan muo-
mala qilish, ayniqsa o‘qituvchidan talab qilinadigan pedagogik mahorat-
ning bir qismidir. Uning hurmati, izzati, e’tibori so‘zlarni oqilona terib
gapirishida mujassamlashgan. Shu ma’noda ta’kidlash joizki, o‘qituv-
chining “aql–zakovati, fikr–tuyg‘ulari, bilimi va muloqot madaniyati
saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi.
Muloqot madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz
Yunusov). O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida adashishi,
xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Vaholanki, o‘qituvchi muloqotida
birgina adashish, yoki qo‘pollik uning pedagogik faoliyatida tuzatib
bo‘lmas xatoliklarni keltirib chiqaradi. O‘qituvchi o‘z muloqoti bilan
nimalarga qodir ekanligini muntazam bilib, xato va kamchiliklarini dar-
hol tuzatib borishi kerak. Quyidagi psixologik testlar oson echiladi va
natijalari asosida siz muloqotingizda ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan
kamchiliklarni aniqlaysiz va uni o‘z vaqtida bartaraf etishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |