409
8. Ishdan keyin hamkasblaringiz bilan uchrashib turasizmi?
a) ko‘pincha yoki ba’zan (3 ochko);
b) ahyon-ahyonda (0 ochko);
v) hech qachon (-2 ochko).
9. Pedagogik faoliyatingizdan tashqari
holatlarda kasbingiz haqida
o‘ylaysizmi?
a) ha, mamnuniyat bilan (10 ochko);
b) ahyon-ahyonda, negaki mening shaxsiy
hayotim tashvishli va
halovatsiz (3 ochko);
v) ba’zan, biroq bu holat menga xalaqit bermaydi (0 ochko);
g) ha,
o‘ylayman
va
bu holatdan asabiylashaman (-4 ochko);
d) ko‘pincha va bu holat kayfiyatimni buzadi (-10 ochko).
Minus belgisini hisobga olib, ballaringizni yig‘ing va natijalar bilan
tanishing:
60 ochkodan yuqori: sizning kasbiy faoliyatingizdagi vaziyatingiz
juda yaxshi. Siz har kuni ishga go‘yo bayramga ketayotgandek borasiz.
Hamkasblaringiz bilan o‘zaro munosabatingiz a’lo darajada. Siz orzu qil-
gan natijalarga erishishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: