O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”ni 
tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur – kasbiy fazilat sifatida o‘qituvchida 
dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish dasturi (o‘quvchilar bilan 
muloqotga kirishish darajasi past bo‘lganida) bo‘la oladi hamda 
o‘quvchilar bilan muloqotda salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, 
tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ ko‘nikma va 
malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi. 


156 
Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash tizimi individual, 
berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. 
Tabiiyki, muloqotga oid ko‘p narsalarni har qanday o‘qituvchi o‘zining 
shunchaki sog‘lom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. 
Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan 
odamlar, bunday muloqotdan keyin o‘z tajribasini ongli ravishda ort-
tirishi, psixologik to‘siqlarni ma’lum bir maqsadni ko‘zlab bartaraf etishi 
lozim. Buning uchun yosh o‘qituvchi turli seminarlarda, yig‘ilishlarda, 
o‘qituvchilar davrasida ko‘proq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va 
kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan foydalanishi 
kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz 
bilan gaplashish vazifasini qo‘ying. Yoshi ulug‘, tajribali o‘qituvchilarga 
o‘zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do‘kon 
sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab 
bering va hokazo. Ko‘chada yo‘lovchining savoliga javob berganingizda, 
u bundan qoniqish hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar 
darsga tayyorgarlik ko‘rib, yangi materialni tushutirishda nafaqat 
pedagogik vositalar va metodlarni qanday qo‘llashni, balki sinf jamoasi 
bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr xayolingizni band qilsin. 
O‘quvchilar bilan maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya jarayonida 
muloqot qilish haqida o‘ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi 
kayfiyat bag‘ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O‘quv-
chilar bilan muloqotdagi ba’zi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga 
urining. Xatolaringizni tan oling va ko‘ra biling, sizga qoniqish bag‘ish-
lashi uchun navbatdagi muloqotlarni qanday tashkil qilishni o‘ylang.
Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy 
tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, xatti-harakatlaringiz, hayot va ish 
tajribangiz bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, 
muloqotda dilkashlik va xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga 
o‘zingizni ishontirishga harakat qiling. Tajribalar asosida o‘z kasbiy 
holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda dilkashlikni kasbiy jihatdan 
ahamiyatli xususiyatlarini rivojlantirish, kommunikativ qobiliyatlarni 
takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllan-
tirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda ta’lim va tarbiyadan ko‘z-
langan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta’siri ekan, demak, aynan 
o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik sharoitida o‘qituvchi ularning 
ma’naviy dunyosiga kirib borishi kerak. 


157 
Quyidagi ko‘rsatkichlar asosida o‘zingiz yoki kasbdoshlaringizning 
darsini tahlil qiling, keyin esa o‘zingizni yoki kasbdoshingizni sinf jamo-
asi bilan muloqotiga yakuniy tavsif bering: 
1. Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo‘sh). 
2. Muloqotning boshlang‘ich bosqichida o‘zini erkin his etish, umu-
miy kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf, siqiq, ishonchsiz). 
3. Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama 
mukammal tayyorgarlikni ta’riflash, yoki ifodalanadigan kommunikativ 
kayfiyatning yo‘qligi). 
4. Kommunikativ tashabbusni shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga 
yaxshi kayfiyat bilan kirishish, bu kayfiyatni sinfga «yuqtira olish», 
darsning ko‘tarinki ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik, 
muloqotni tashkil qilishda tashabbusning yo‘qligi. 
5. Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida, bosqichma-bosqich, 
ba’zi vaziyatlarda) bo‘lgan o‘qituvchiga xos ruhiy kayfiyatni yarata 
bilish. 
6. Dars jarayonida va o‘quvchilar bilan muloqot davomida o‘z ruhiy 
hissiyotini boshqara olish (barqaror ruhiy holat, dars davomida yuzaga 
keladigan vaziyatlarga muvofiq tarzda o‘zini boshqara olish qobiliyati
kayfiyatning buzilishi, o‘z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik). 
7. Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg‘un, ser-
mahsul, yengil, rasmiy; yoki majburiy, zo‘rma-zo‘raki muloqot). 
8. Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etish, o‘quvchilar bilan o‘zaro 
munosabatlarni tashkil qilish uchun muloqotni boshqarish samaradorligi 
(tezkorlik, nazokatlilik, muloqotda o‘z shaxsiy uslubi samaradorligini his 
qilish, o‘zaro muloqot va ta’sir o‘tkazish metodlari birligini tashkil qila 
olish malakasi; yoki muloqotdan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida 
yetarlicha foydalana olmaganlik). 
9. Nutq (yorqin va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissi-
yotga berilish bilan; oddiy va betaraf; bosiq va vazmin gapirish; yoki 
ifodaliligi kam, ta’sirchanlikning yo‘qligi; betaraf; yo‘riqnomaviy-
idoraviy). 
10. Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko‘rinishga ega bo‘lish, 
tashqi ko‘rinishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, his tuyg‘ularga 
boy, bosiq va vazmin ko‘rinishni yuzda aks etishi). 
11. Pantomimika (ifodali va ta’sirchan harakat, yoqimli inson, se-
vimli ustoz sifatida o‘zligini namoyish eta olish, his tuyg‘ularga boy, 
bosiq va vazmin bo‘lish, betaraf, beo‘xshov harakatlardan saqlanish). 


158 
Ushbu tahlilga yakun yasab, o‘zingiz uchun foydali bo‘lgan xulo-
salar chiqaring, o‘zingizda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni aniqlab, ularni 
bartaraf etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot 
madaniyati va texnologiyasini shakllantirish bo‘yicha maxsus tizim bilan 
ishlang, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan trening, dilkashlik va 
xushmuomalalikni shakllantiruvchi o‘zingiz uchun maxsus mashqlar 
tizimini yarating. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling