O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
178 10 - BOB. NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYaTI Tayanch tushunchalar: Notiqlik san’ati; qadimgi Yunoniston; “San’atlar shohi”; suhbat metodi; ideal notiq; ovoz ritorikasi; nutq odobi; suhango‘ylar; nutq tex- nikasi; til va nutq; nutqning ravonligi; nutqning ta’sirchanligi; gram- matik norma; nutqning mantiqiyligi; nutqning tozaligi va ifodaliligi; dialektizm va varvarizm; jargon; tashqi nutq; ichki nutq; o‘qituvchining nutq madaniyati; metonimiya; metafora; monologik nutq; dialogik nutq; kommunikativ nutq; tovush; diapazon va tembr; fonotsional nafas; dik- siya; ritmika; artikulyatsiya; diafragma ishtirokida nafas olish; dialogik nafas olish. 10.1. Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobili- yati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ru- hida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri ─ millat tilidir. Respub- likamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o‘z ona tiliga nisbatan mehr─muhabbat tuyg‘ularini shakl- lantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaydiki, “O‘z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbarlik kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”. O‘qituvchining nutqiy mada- niyatini shakllantirish uning kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahami- yatga egaligi to‘g‘risida mulohaza yuritar ekanmiz, avvalo, notiqlik san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional notiqlik san’- ati Yunoniston, O‘rta Osiyo, va Hindistonda o‘zining uzoq tarixiga ega. 179 Tarixchi olimlarning (Apresyan G.Z.) ma’lumotlariga ko‘ra, Notiq- lik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilar edi. Ular, notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘z- larining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining naza- riyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yu- nonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonis- tonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’atlari bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimo- iy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan. Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining quyidagi uchta qonuniyati qizg‘in takomillashtirilib, notiq- ning unga jiddiy e’tibor berishi talab qilingan: tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g‘oyani); tinglovchining tafakkurini uyg‘otish (fikrini, ongini, maqsadini); tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur-halovat va qoniqish hissini uyg‘otish asosida). Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling