O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


lar, barcha fikrlar libosi, o‘qituvchi nutqining poydevoridir


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

lar, barcha fikrlar libosi, o‘qituvchi nutqining poydevoridir. Hikmatli 
so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va 
samarali foydalana olish lozim. Zero, dunyoda so‘z mulkidan ham ortiq 
va qimmatli xazina yo‘qligini Sharq mutafakkirlari o‘zlarining adabiy 
meroslarida bayon etganlar:  
So‘z ichra mudom aql yashirindur, 
So‘z chimildig‘u, aql kelindur.
(Nosir Xisrav) 
So‘zni bilgan zarga bo‘lmaydi muhtoj, 
Zar qimmati so‘z bilan topar rivoj.
(
Abdurahmon Jomiy) 


188 
Ham so‘z ila elga o‘limdan najot, 
Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot. 
(Alisher Navoiy) 
 
Agar bo‘lsang ipak kabi muloyim, 
Muloyim sen bo‘lsang quling bo‘loyin. 
Qulog‘imga bergan panding olayin, 
Kishiga qattiq so‘z aytguvchi bo‘lma. 
Oqmasdan qolmaydi bir oqqan ariq
Bir tanda odam goh semiz, goh oriq. 
Bir ko‘zi qarodir bir ko‘zi yorug‘, 
Qora deb qattiq so‘z aytguvchi bo‘lma. 
 (Maxtumquli). 
 
Til va nutq. Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq, talaffuz, 
urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shu-
ningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga 
muvofiq bo‘lishi kerak. Nutqda til – fikr almashish quroli, o‘qituvchi 
qalbining oyinasi, o‘qituvchining dars berish uslubini, pedagogik maho-
ratini to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda – tildagi rang-barang vosi-
talar o‘z ifodasini topsa, bunday nutq – boy nutqdir. 
Til va nutq azaldan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan vosita-
lardir. Nutq qaysi tilda aytilmasin, o‘sha millat tilining qonun-qoidalari 
asosida ro‘yobga chiqadi. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. 
Til nutq uchun moddiy material. Shu material asosida nutq tashkil 
topadi. 
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real-
likka aylangan fikr bo‘lib ikki xilda namoyon bo‘ladi: 

ichki nutq;

tashqi nutq.
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele-
mentlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo-
haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir. 
O‘qituvchi mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga 
ta’siri va harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – 
tashqi nutq bo‘lib, u ijtimoiy hodisadir. 


189 
1. O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash, mutolaa qilish va eshi-
tishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya 
hamda ayrim tekst va kitob shaklida bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus bel-
gilangan tartibda o‘zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi.
Til hodisasi fonemalar tizimida, morfemalarda, sinonimiya, omoni-
miyalarda, mavjud grammatik qoidalarda, murakkab terminlar va fraze-
ologik iboralarda namoyon bo‘ladi. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling