O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


-BOB. O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

14-BOB. O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA 
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
Tayanch tushunchala
 
Zamonaviy axborot texnologiyalari; axborot resurslari; ilmiy – 
texnik taraqqiyot; modulli o‘qitish; axborotlashtirish; gipermant va mu-
ltimedia; ma’lumotlar bazasi; kompyuter texnologiyalari; immitatsiya; 
kommunikatsiya; bilimlar bazasi; ta’limda veb–saytlar; tashxis va moni-
toring; masofaviy o‘qitish; modulli tizim; o‘qituvchining axborot mada-
niyati; internet resurslari; partal; diagnostika; internet tarmog‘i; elek-
tron pochta; videoroliklar; animatsiya; axborot- ta’lim resurslari; inno-
vatsiya; kompyuter vositalari.
14.1. Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot 
texnologiyalarining ahamiyati 
 
Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va 
bunda o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini oshirish to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 
jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005-yil 28-
sentyabrdagi PQ-191 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risi-
da»gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “O‘qituvchi kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomil-
lashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25–sonli qarorlarining 
qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
sifatida e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash 
ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat 
faoliyatining o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomil-
lashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o‘zgarishiga samarali ta’sir 
etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va 
boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni qo‘yadi. 
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari 
asosida samarali tashkil etish: 


262 

masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi 
jamoa o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning 
birgalikda faoliyat olib borishini; 

o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsim-
lanishini; 

ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni ta-
komillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish 
monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling