Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport sathining funksiyalari
Multimediali trafikMultimediyali trafik deganda insonning sezgi organlari qabul qilib oladigan turli xil axborotlarni о‘z ichiga olgan ma’lumotlarning raqamli oqimi (odatda tovushli va video axborot) tushuniladi. Ma’lumotlarning multimediyali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv xizmatlarni taqdim etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari bо‘yicha uzatiladi. Tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediya xizmatlarining bugungi kunda eng kо‘p tarqalganlari videotelefoniya, multimediyali ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish hisoblanadi. Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediyali trafikning ikki asosiy turi ajratiladi: Foydalanuvchilar о‘rtasida real vaqt miqyosida axborotni uzatish uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan real vaqt trafigi. Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy taqsimlangan xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar trafigi, jumladan, elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan kirish va boshqalar. Real vaqt trafigini qо‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: IP-telefoniya, yuqori sifatli tovush, videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat kо‘rsatish (diagnostika, monitoring, konsultatsiya), videomonitoring, keng eshittirishli video, raqamli televideniye, radio va televizion dasturlarni olib kо‘rsatish. Transport sathining funksiyalariTransport satxi oxirgi tizimlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlarga xizmatlarni bevosita taqdim etadi. Transport satxi protokoli turli xostlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi mantiqiy ulanishlarni ta’minlaydi (12.1-rasm). Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy ulanish –jarayonlar orasidagi real bog‘lanish marshrutizatorlar va turli aloqa liniyalarining uzundan uzoq zanjirlari yordamida amalga oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog‘lovchi kanaldir. Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga ma’lumot almashtirish imkonini beradi. Transport satxi protokollari oxirgi tizimlar tomonidan qo‘llab quvvatlanadi, lekin marshrutizatorlar tomonidan qo‘llab quvvatlanmaydi. Marshrutizatorlar tarmoq satxi xabarlarini qayta tshlashadi va transport satxidagi xabarlarga xech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Internetda (aniqrog‘i TCP/IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan istalgan kompyuter tarmog‘ida) transport satxining ikkita protokoli mavjud - UDP (User Datagram Protocol – foydalanuvchi deytagrammalari protokoli) protokoli va TCP (Transmission Control Protocol – uzatishni boshqarish protokoli) protokoli. UDP protokoli ilovalarga mantiqiy ulanish o‘rnatmasdan ishonchsiz ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etadi, aksincha, TCP protokoli mantiqiy ulanish o‘rnatib, ishonchli ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etadi. Yangi ilovani yaratayotganda ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti uchun transport satxining ikkita protokoldan birini tanlashi lozim. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling