Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
I BOB. AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
I BOB. AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI§ 1.1. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushunchaAxborot – kommunikatsiya texnologiyalariAxborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga inson faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo`llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo`llashdan maqsad – jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to`liq va o`z vaqtida foydalanishni taʻminlashga qaratilgan kompleks chora - tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tadbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko`rsatkichlari o`sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga yo`naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni ham taʻminlaydi. Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir. Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish, ularni joriy etishni huquqiy - me'yoriy asoslash hamda davlatimizning axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borayotgan siyosati shu vaqtga qadar qabul qilingan qonun, qaror va farmonlarda o’z aksini topgan. Jumladan, “Aloqa to’g’risida” (1992 y.), “Telekommunikasiyalar to’g’risida” (1999 y.) “Axborotlashtirish to‘g‘risida” (2003y.), “Elektron hujjat aylanish to’g’risida” (2004 y.), “Elektron hukumat to‘g‘risida” (2015 y.) Qonunlari, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni, “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son Qarori, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 21 martdagi PQ- 1730-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2018 yildagi 185-son “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi va 10.08.2018 yildagi 645-son “Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorilari jamiyatimizda axborot-kommunikatsiya sohalariga katta e’tibor berilayotganligidan dalolatdir. AKTni rivojlantirmasdan turib istalgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishib bo‘lmaydi. AKTning rivojlanish sur'atlari, birinchi navbatda taalluqli infratuzilmani barpo etish va undan foydalanish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishga bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar bilan AKTning ish samaradorligini oshirishdagi juda katta imkoniyatlarini tushuntirish bo‘yicha ko‘p ish olib borish zarur. Davlat organlarini zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalari bilan ta'minlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimlarini yanada faolroq joriy etish lozim. Davlat xodimlarining axborot texnologiyalar bo‘yicha bilim saviyasi va kasb ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda ish olib borish kerak. XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og`ishmay axborotlar sohasiga o`tib borishi tendentsiyasi tabora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish surʻati o`sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo`lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu o`sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo`lmoqda. Globallashuv, axborot-kommunikatsiya taraqqiyoti axborot almashish jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet, kompyuter texnologiyalari, internetning imkoniyatlari had-hududsiz ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar unumli foydalanishga intilmoqda. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari haqida maʻlumot beramiz. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling