Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet176/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

T. Doran oʻz ilmiy ishlarida qoʻllaganlar.[Vikipediya]
Dastlab “Smart – tuzilish” konsepsiyasi yangi materialga oʻtish, materiallarning yangi xususiyatlaridan foydalanish, elektronika va
axborot texnologiyalari sohasida muvafaqqiyatlar kabi tendensiyalar bilan mustahkamlanadigan aerokosmik texnologiya kontekstida qoʻllanilgan.
SMART – “Specific” (oʻziga xos), “Measurable” (oʻlchab boʻladigan), “Attainable” (erishib boʻladigan), “Relevant” (dolzarb), “Time-bound” (aniq muddatli) inglizcha soʻzlarining bosh harflari bilan ifodalangan.
Respublikamiz yetakchi olimlaridan A.A. Abduqodirov Smart – texnologiyasiga oid tushunchalar, maqsadlarni qoʻyishdagi ifodasi, mohiyati, xossasi va uning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida batafsil maʻlumot berib oʻtgan. Jumladan: “Smart – texnologiyalar – oʻzaro taʻsir va tajriba almashish negizida protseduralarga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga asoslangan texnologiyalardir. «Smart»
ning tayanch xossasi atrof muhit bilan oʻzaro taʻsir etish va unga moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu xususiyati mustaqil qiymatga ega va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya, jamiyat va koʻpgina boshqa kategoriyalarga qoʻllanishi mumkin.
SMART – bu tizim yoki jarayonning hususiyati boʻlib, atrof muhit bilan oʻzaro munosabatlarda oʻzini namoyon qiladi va tizimga qobiliyatini qayta ishlashga; tashqi muhitdagi oʻzgarishlarga darhol javob; oʻzgaruvchan sharoitga moslashish; mustaqil taraqqiyot va oʻzini oʻzi boshqarish; natijalarni samarali bajarish kabilarga imkon beradi.”
SMART – texnologiyalarning asosini bugungi kunda IoT (Internet of things) – buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti IoT (Internet of things) bu – maxsus elektronika, dasturiy taʻminot, sensorlar, qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning oʻzaro maʻlumot almashinuvidan iborat tarmoq tizimi bilan jihozlangan sun’iy intelekt yordamida masofadan boshqariluvchi maishiy texnikalar, transport vositalari, eshik-derazalar, qoʻriqchi tizimlar va boshqalar. IoT texnologiya tadqiqotchilariga kamroq quvvat sarflaydigan va deyarli har qanday turdagi qurilmaga ulanishi mumkin boʻlgan kichikroq va arzonroq simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch beradi.
Internet – buyumlar” (baʻzan “buyumlar interneti” yoki “internet ashyolari” degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidan olingan Internet of Things, IoT boʻlib—bir-biri bilan yoki tashqi muhit bilan oʻzaro taʻsirlashuv uchun ichiga joylashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni qayta qura oladigan hodisa kabi tarmoqlarni tashkil etishni koʻrib chiqadigan, harakat va
operatsiyalar ichidan inson ishtiroki zaruriyatini inkor etadigan, fizik jarayonlar hisoblash tarmogʻi konsepsiyasi hisoblanadi.
Hozirda buyumlar interneti – IoT multiservisli tarmoqlar konsepsiyasining bir boʻlagiga aylandi. Bunday tarmoqlar cheklanmagan xizmatlarni sifatini kafolatlagan holda mijozlarga etkazish imkonini beradi. Shuni nazarda tutgan holda multiservisli tarmoqlardan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Aynan shunday multiservisli xizmatlar keyingi avlod tarmoqlari (NGN)da amalga oshadi. Hozirgi kunda NGNning tarkibiy qismiga ―barcha joylarda sensorli tarmoqlar-USN (Ubiquitous Sensor Networks) tushunchasi kirib keldi.
Internet ashyolarni, bizni oʻrab turgan barcha predmetlar va qurilmalar (uy asboblari va jihozlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, avtomobillar, sanoat qurilmalar va boshqalar) miniatyurali (kichik oʻlchamli) identifikatsion va sensorli (sezgir) qurilmalar bilan jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U holda ular bilan zarur aloqa kanallari boʻlganida nafaqat bu obʻektlarni va ularning parametrlarini fazoda va vaqt boʻyicha kuzatish mumkin boʻladi, balki ularni boshqarish, ular haqidagi maʻlumotlarni umumiy ―aqlli planetaga kiritish mumkin boʻladi. Oddiyroq aytganda, Internet ashyolar bu kompyuterlar, datchiklar (sensorlar) va ijrochi qurilmalarning (aktuatorlarning) IP (Internet Protocol) internet protokoldan foydalanish orqali oʻzaro bogʻlaydigan global tarmoq hisoblanadi.



      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling