Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
ISBN 978-9943-2441-7-7
|
O.X. Toʻraqulov –pedagogika fanlari doktori, dotsent S.О. Тоvbоyеv – texnika fanlari nomzodi, dotsent F.Xaitov - texnika fanlari nomzodi, dotsent © Begbo’tayev A.E, Yusupov R.M. 2020 © «Tafakkur » nashriyoti, 2020 |
KIRISH
Jahonda axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy kommunikatsiyaning kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida ta’lim oluvchilarning kasbiy va ijodiy rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan jamiyatda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Dunyo hamjamiyatida YUNESKOning “O‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha kompenentligini rivojlantirish” dasturi va “Evropa Kengashi mamlakatlarining 2020 yilga qadar ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasidagi Hamkorlik strategiyasi” asosida keng ko‘lamli amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uygʻunlashtirib, oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati hamda raqobatbardoshligini taʻminlash, jahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim tizimining sifat darajasini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimiga ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali metodlarini ishlab chiqish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida eʻtirof etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ- 3775-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy ta’lim muassasalarini ilgʻor jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod darslik, oʻquv qoʻllanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli taʻminlash maqsadida qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʻminlash toʻgʻrisida” gi 2018 yil 10 oktyabr, 816-son qarori hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi va hayotga tatbiq etilishiga ushbu o’quv qo’llanma muayyan darajada xizmat qiladi.
Jumladan, bunda oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid
qilish va foydalanish, oʻquv adabiyotlari bilan taʻminlash hamda darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yangilab borish kabi vazifalar belgilab berilgan. Shu nuqtai nazardan boʻlajak mutaxassislarda kasbiy faoliyatga oid oʻquv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllash metodlari, “Tarmoq texnologiyalari” fanidan oʻquv jarayoni uchun oʻquv-uslubiy taʻminotlarni yaratish dolzarb hisoblanadi va ushbu qoʻllanma aynan shu maqsadga yoʻnaltirilgan.
Sizga tavsiya etilayotgan ushbu oʻquv qoʻllanma pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga oʻtiladigan “Tarmoq texnologiyalari” fanidan maʻruza mashgʻulotlarini o`tkazish boʻyicha zamonaviy nazariy maʻlumotlarini oʻz ichiga olgan. Jumladan, kompyuter tarmoqlari, tarmoq qurilmalari va funksiyalari, kompyuter tarmoqlarini yaratishning asosiy tushunchalari, modellari va usullari, protokollar va ularning qoʻllanilishi, TCP/IP protokollar stekini tashkil qilish (IPv4 va IPv6), OSI etalon modeli, asosiy marshrutlash va kommutatsiya protokollari, yangi simsiz texnologiyalar, 802.12 va 802.16 standartlar, Internet, internet xizmatlari, Bulut texnologiyasi, Smart-texnologiyalar, IoT- buyumlar interneti multimediyali tarmoq texnologiyalari hamda tarmoq xavfsizligi haqida nazariy maʻlumotlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling