Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
NB-IoT texnologiyasiMobil aloqaning keyingi avlodi 5G joriy etilishi bilan IoT xizmatidan tashqari, katta e’tibor to‘g‘ridan to‘g‘ri IoT texnologiyasiga, jumladan, M2M (Machine to Machine) va MTC/eMTC (Machine Type Communications/enhanced MTC), bundan tashqari tor polosali LTE – M, NB – IoT (Norrowband IoT) va EC-GSM (Extended Coverage GSM) texnologiyalarga qaratilmoqda. [9] Yuqorida sanab o‘tilgan texnologiyalardan IoT xizmatlarini taqdim qilishdan oldin, unga maxsus talab qo‘yiladi: kam sarf xarajat va oxirgi qurilmaning elektr manbai uzoq muddat ishlashi (10 yilgacha). Solishtirish uchun 5.3.1- jadvalga qarang. 5.3.1-jadval
Shulardan keng tarqalgani, tor palasali NB – IoT texnologiyasi hisoblanadi. Eng asosiysi LTE tarmoq arxitektura bazasi qamrab olingan barcha hududlarda NB – IoT ni qurish mumkin bo‘ladi. NB – IoT texnologiyasini amaliy qo‘llanilishidagi barcha savollar, uning texnik jihatlari, xususan chastota rejalashtirilishi va radiovositalar bilan elektromagnit moslashuvi bilan bog‘iq bo‘ladi. NB – IoT ning texnik xususiyatlarining bir nechtasini quyida keltirib o‘tamiz: Radioruxsat usuli: liniyadan pastga (downlink) 15 kGs chastota farqi bilan (12 tashuvchi) OFDMA usuli; liniyadan tepaga (uplink) 15 kGs chastota farqi bilan (12 tashuvchi) va 3,75 kGs chastota farqi bilan (48 tashuvchi) SC-FDMA usuli; Ustuvor foydalanuvchi radiochastotalar polosasi: 2100 MGs (band 1), 1800 MGs ( band 3), 900 MGs ( band 8), 800 MGs ( band 20) va 700 MGs ( band 28). Shuningdek, 3GPP standartida 450 MGs ( band 31) radiochastota polosasini qo‘shilishi kutilmoqda; Dupleks: CHastotali yarim dupleks FDD-HD (Half-Duplex) rejimini qo‘llab quvvatlaydi, Vaqt bo‘yicha dupleks TDD ni qo‘llab quvvatlamaydi; NB-IoT kanal tashkil qilish 3 variantda amalga oshiriladi, bular ichki ―faol LTE kanal polosasi (in-band), himoyalangan LTE kanal polosasi (guard-band) va alohida/mustaqil kanal (standalone)/NB-IoT ning kanal kengligi:180 kGs (in-band, guard-band) yoki 200 kGs (standalone); Nurlanish quvvati; abonent qurilmasi uchun UE (User Equipment)- 20dBm (class 5) yoki 23dBm (class 3); Baza stansiyasi uchun BS (Base Station)- in-band va guard-band rejimida umumiy quvvati LTE va NB-IoT kanallar orasida taqsimlanadi va LTE kanal kengligi 10MGs, 15MGs va 20MGs bo‘lganda NB-IoT bitta tashuvchi chastotasi oshishi mumkin. NB-IoT uchun dinamik diapazon 6 dB ni tashkil qiladi. CHastota rejalashtirilishida (chastota tavsiyasida) quyidagi shartlar o‘rganiladi: CHastota o‘qida 100 kGs ni tashkil qiluvchi rastr kanal; NB-IoT uchun pastga DL(downlink) va yuqoriga UL(uplink) chastota kanal tavsiyasi quyidagicha: F DL = F DL_low + 0,1 (N DL – N Off-DL )+0,0025(2M DL + 1); F UL = F UL_low + 0,1 (N UL – N Off-UL )+0,0025 (2M UL); Bu erda F DL, F UL, N Off-DL va N Off-UL lar 3GPP TS 36.101, TS 36.104; jadvalidagi parametrlar, N DL va N UL – radiochastota kanalining absalyut nomeri (0-262143 diapozon nomeri); M DL va M UL – oddiy LTE kanalidan NB-IoT kanaliga siljishi. M DL :{-10; -9; -8; -7; -6; -5; -4; -3; -2; -1; -0,5; 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9} M UL :{-10;-9;-8;-7; -6; -5; -4; -3; -2; -1; 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9} NB-IoTning standalone rejimida faqatgina M DL =-0,5 va M UL =0 tavsiyasidan foydalanadi. Qolgan ikkita rejimda bu tavsiyadan foydalanmaydi. NB-IoT ning boshqa radiovositalar bilan elektromagnit moslashuvchanligi NB-IoT texnologiyasi bir nechta turdagi tizimlar bilan jumladan, tor polosali standalone, keng polosali in-band va aralash guard-band rejimida bo‘ladi. Buning barchasi boshqa radiovositalar bilan elektromagnit moslashishi bir xil shartda bo‘lmaydi. NB-IoT texnologiyasini qo‘llashda, elektromagnit moslashishi haqida gap ketganda quyidagi holatlarni belgilaymiz: Quyidagi keltirilgan texnologiyalar bilan NB-IoT kanallarini EMM ni ta’minlashda qo‘shimcha shartlarni kiritishga hojat yo‘q: LTE–eMTC – EMM tomonidan qaraganda bu LTE ekvivalent standarti hisoblanadi. EC GSM – GSM ning ekvivalent standarti hisoblanadi. NB-IoT – LTE (in-band) kanal polosasida u spektral moskasini o‘zgartirishni taklif qilmaydi. Yuqorida keltirilgandek, 200 kGs farqi sabab, talab bajarilmaydigan bunaqangi bir nechta holatlarda, 5 MGs ni tashkiletuvchi LTE kanal kengligi qachonki, himoyalangan polosada NB-IoT kanallar aralashmasida alohida o‘rganish talab etilishini qo‘shimcha qilish mumkin. NB-IoT aralash kanallar orasidagi sifat ko‘rsatkichlari boshqa texnologiyalar ko‘rsatkichlari bilan quyidagicha amalga oshiriladi: 5% dan oshmagan yo‘qotish zarurati; Signal/shovqin nisbati 1 dB dan oshmasligi zarurati. O‘tkazilgan izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, NB-IoT kanallaridan foydalanishlarida LTE kanali standartlashtirilgan polosali (in-band) ni joylashtirilishida hech qanday o‘lchovlar talab etilmaydi, shuningdek, NB-IoT kanali himoyalangan polosasi (guard-band) ni joylashtirilishida LTE kanal kengligi 5 MGs dan katta bo‘lishi talab qilinadi. NB-IoT ning mustaqil kanali (standalone) dan foydalanishida 900 MGs dapazon chastotada, GSM, UMTS va LTE kanallarining tavsiya qilingan chastota farqini saqlashni talab qiladi.[9] 15>11> Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling